2018 yilda 14 millionga yaqin Oʻzbekiston fuqarosi chet elga borgan. Bu haqda Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisi Farrux Dadaxoʻjayev maʼlum qildi.
“Chet davlatlarga chiqayotgan fuqarolarimiz soni yildan-yilga keskin oshib bormoqda. Xususan, 2016 yilda 5 million 310 ming nafar, 2017 yilda 6 million 823 ming nafar va 2018 yilda 13 million 838 ming fuqaro xorijga chiqqan”, — deydi u.
Dadaxoʻjayevning taʼkidlashicha, ularning aksariyati, Qozogʻiston, Rossiya, Turkiya, Janubiy Koreya, Xitoy va boshqa davlatlarga borishgan.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 avgustdagi farmonida 2021 yilning 1 yanvariga qadar Oʻzbekiston fuqarolariga kirish vizalarini rasmiylashtirish talab etilmaydigan davlatlarga 2011 yilgi namunadagi biometrik pasport bilan chiqish mumkinligi belgilangan.
Shuningdek, muddati oʻtmagan xorijga chiqish ruxsatini beruvchi stiker yopishtirilgan 2011 yilgi namunadagi biometrik pasport egalari ham 2021 yilga qadar chet elga chiqishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi