Mudofaa va ichki ishlar tizimidagi ortiqcha vaznga ega xodimlarga buni oʻnglash uchun muddat beriladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev Namanganda boʻlib oʻtgan faollar yigʻilishida maʼlum qildi, deya xabar beradi “Daryo” nashri.
—Bizga ortiqcha vaznga ega zobit, ichki ishlar xodimi kerak emas. Bu holatda qanday qilib jinoyatchini tutadi? Sport bilan shugʻullansin. Bu menga emas, oʻzlariga foyda. Muddat beramiz: uch oymi, olti oymi, shu vaqt ichida oʻzini oʻnglab, meʼyordagi vaznga tushsin, — dedi davlat rahbari.
Prezident jismoniy tarbiya va sportga eʼtibor nafaqat ushbu tizimlarda, balki barcha darajada kuchaytirilishi, sogʻlom millatga aylanish, salbiy illatlar, xususan, ichkilikbozlikka qarshi muntazam kurashish lozimligini taʼkidladi.
Shavkat Mirziyoyev harbiy hizmatchilar hali ham “sovet davridan qolgan” kiyimlarda yurgani, yaqin orada bu borada ham oʻzgarish boʻlishini bildirdi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi