20:17 / 02.03.2019
6 277

Toshkentdagi tungi klubda yuz bergan pichoqbozlik yuzasidan Bosh prokuratura maʼlumot berdi

Toshkentdagi tungi klubda yuz bergan pichoqbozlik yuzasidan Bosh prokuratura maʼlumot berdi
Bosh prokuratura matbuot xizmati Toshkentdagi Yunusobod tumani 11-mavze Yangishahar koʻchasida joylashgan “TЕT-a-TЕT” nomli tungi klubida yuz bergan pichoqbozlik yuzasidan bayonot berdi.

2019 yil 24 fevral kuni soat 23:30 larda Sh.Q., Z.A., D.X. va U.A. Yunusobod tumani 11-mavze Yangishahar koʻchasida joylashgan “TЕT-a-TЕT” nomli tungi klubga kelib, M.T. va A.T., Sh. K. va F.Yu.lar D.A. bilan oʻzaro ogʻzaki kelishmovchilik sabab, M.T. va D.A. ushbu tungi klubdan chiqish eshigi oldidagi yoʻlakka chiqishib, bir-birlarini ura boshlaydi.

Klub kirish eshigi oldida boʻlgan va ushbu holatni koʻrgan D.A.ning tanishi J.T. ushbu kelishmovchilikka aralashganligi va M.T.ni qoʻllari bilan urganidan soʻng uning tanishi A.T. xam ushbu janjalga aralashib, yuqoridagi shaxslar bilan mushtlashib urishganligi natijasida, D.A.ning kuchi yetmaganligi sababli, shimining choʻntagida boʻlgan yogʻoch dastali kichik oshxona pichogʻi bilan dastlab, M.M.Turgʻunovning ort tomonidan chap kurak qismiga urib tan jarohati yetkazib, N.N.ning chap koʻkrak sohasini shu pichoq bilan kesib yuborib, soʻng A.T.ning qorin sohasiga pichoq bilan urib, tan jarohati yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan 25.02.2019 yilda Yunusobod tumani IIB FMB huzuridagi TB tomonidan D.A. va J.T.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 104-moddasi 2-qismi “ye,k” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Jinoyat ishi boʻyicha 26.02.2019 yilda Oʻzbekiston Respublikasi JKning 104-moddasi 2-qismi “ye,k” bandi bilan D.A. va J.T.ga ayb eʼlon qilinib, shu kunda qamoqqa olish ehtiyot chorasi tayinlangan.

Hozirda jinoyati ishi boʻyicha dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentdagi tungi klubda yuz bergan pichoqbozlik yuzasidan Bosh prokuratura maʼlumot berdi