23:26 / 02.03.2019
4 578

Toshkentda shahrida Prezident universiteti ochiladi

Toshkentda shahrida Prezident universiteti ochiladi
Toshkentda kelgusida Prezident universiteti ochiladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev Namanganda boʻlib oʻtgan faollar yigʻilishida maʼlum qildi, deya xabar beradi “Daryo”.

Davlat rahbariga koʻra, hozirda tegishli qaror loyihasi tayyorlanib, yangi oʻquv yurti uchun hudud tanlanmoqda.
— Prezident maktablarini boshlab oldik, endi navbat universitetga. Bu maktablarga qabul adolatli boʻlishi uchun chet elliklar taklif etiladi. Zehni va oʻqishga ishtiyoqi baland boʻlsa, oddiy odamning bolasi ham albatta oʻqiydi, — dedi davlat rahbari.

Shavkat Mirziyoyev respublikadagi har bir tumanda raqamli texnologiyalar, har bir maktabda esa kompyuter oʻyinlari markazlari ochilishini bildirdi.
—Uy olib bersak eskiradi, kiyim olib bersak toʻziydi. Biroq bolalarga berilgan bilim na eskiydi, na toʻziydi. Shuning uchun ularning ilm olishiga birinchi galda eʼtibor qaratish zarur, — taʼkidladi Prezident.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda shahrida Prezident universiteti ochiladi