23:53 / 02.03.2019
4 754

Nogiron boladan saboq...

Nogiron boladan saboq...
Yoʻlda ketayotib mashaqqat bilan yurayotgan bolaga koʻzim tushdi. Qoʻltiqtayoqqa suyangan, gavdasini tutolmay chapga-oʻnga chayqalardi. Oʻn uch-oʻn toʻrt yoshlar chamasida edi. Bolaga tikilib qolgandim, toʻsatdan yerga yiqilib tushdi. Yugurgilab yoniga borib, turgʻizishga urindim.

Sassiz yigʻlardi.
– Inshaa Alloh, biror yering ogʻrimagandir,- dedim. – Boʻlib turadi, xafa boʻlma, bolam.
– Xafa boʻlmayapman,- dedi.- Aslida koʻp ham xafa boʻlavermayman.
– Lekin nega yigʻlayapsan? –deya soʻradim.
– Qoʻlim ogʻridi,- dedi.- Shuning uchun koʻzimdan yosh chiqib ketdi.
Qarab qoʻyay deb, koʻylagini sidirdim. Chap qoʻli bilagidan kesilgan edi. Shuning uchun bir qoʻltiqtayogʻini yaxshi tutolmasdi.

Oʻrnidan qoʻzgʻalib:
– Kunda bir necha marta yiqilishga odatlandim,- dedi. – Oʻtgan yili yiqlib tushganimda qoʻlim mashina ostida qolib ketgandi.

Soʻz topolmay qiynaldim. Tasalli berish uchun:
– Oʻkinma!- dedim.- Bundan ham yomoni boʻlishi mumkin edi.

Yuzimga tikilgan koʻyi:
– Oʻkinmayman,- deya jilmaydi. – Aslida men koʻp xafa boʻlmayman. Oʻksinmayman.
– Biroz oldin ham shunday deding,- dedim. – Nega bunaqa deyapsan?

Qaltirayotgan gavdasini tik tutishga urinib:
– Chunki men Allohga ishonaman,- dedi.- Unga ishonganlar goʻzal vujudli, sogʻlom boʻlmaydilarmi? ..

Bu gal indamay qoldim. Bir soʻz aytolmasdim...
Tabassum bilan minnatdorchilik bildirib, yonimdan uzoqlashdi...
Qahramon bolaning ortidan qarab “Ajabo, qay birimiz baxtiyor ekanmiz?..” deya oʻyga botib qoldim...
Junayd Suavi
Umida Adizova tarjimasi

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Nogiron boladan saboq...