06:38 / 03.03.2019
5 521

Toshkentda maktab oʻqituvchilarining attestatsiya testini topshirish kuni aniq boʻldi

Toshkentda maktab oʻqituvchilarining attestatsiya testini topshirish kuni aniq boʻldi
Toshkent shahrida maktab oʻqituvchilarining attestatsiya testini topshirish kuni aniq boʻldi, deb xabar qilmoqda Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi.

Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Oliy va oʻrta maxsus vazirligi kasb-hunar taʼlim markazining 2019 yil 25 fevraldagi “Kasb-hunar taʼlimi hududiy boshqarmalarida umumtaʼlim, chuqurlashtirilgan va kasbiy taʼlim fanlari pedagog kadrlarini (ishlab chiqarish taʼlim ustalarini) attestatsiyadan oʻtkazish uchun kasb-hunar taʼlimi hududiy boshqarmalari attestatsiya komissiyalari tarkibini tasdiqlash haqida”gi hamda Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Xalq taʼlimi vazirligining 27 fevraldagi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasida oliy malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlar attestatsiyasini oʻtkazish boʻyicha attestatsiya komissiyalari tarkibini tasdiqlash haqida” qoʻshma qarorlari qabul qilindi.

Mazkur qoʻshma qarorda birinchi va oliy malaka toifali, yetakchi va bosh oʻqituvchi lavozimidagi hamda mazkur malaka toifalari va lavozimlarga talabgor pedagog kadrlar attestatsiyadan oʻtkazish hamda davlat inspeksiyasi tomonidan oʻtkaziladigan oʻquv fani boʻyicha malaka test sinovlarida ishtirok etishlarni taʼminlash vazifalari belgilab berildi.

Toshkent shahar umumtaʼlim maktablarida faoliyat yuritayotgan oliy va birinchi malaka toifali hamda mazkur malaka toifalarga talabgor pedagoglarning test sinovlari 2019 yil 4 mart kuni fizika, matematika, informatika, nemis tili, fransuz tili, 5 mart kuni oʻzbek tili, ona tili va adabiyoti, rus tili, rus tili va adabiyoti, 6 mart kuni kimyo, biologiya, tabiiyot va geografiya, ingliz tili, 7 mart kuni tarix, milliy istiqlol gʻoyasi, davlat va huquq asoslari, iqtisodiy bilim asoslari, musiqa madaniyati, tasviriy sanʼat va chizmachilik, jismoniy tarbiya, mehnat, 9 mart kuni boshlangʻich taʼlim fan oʻqituvchilarga malaka test sinovlari boʻlib oʻtadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda maktab oʻqituvchilarining attestatsiya testini topshirish kuni aniq boʻldi