08:36 / 03.03.2019
6 471

Elektr va gazdan foydalanish tartibiga oʻzgartirishlar kiritildi

Elektr va gazdan foydalanish tartibiga oʻzgartirishlar kiritildi
Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi Hukumat qaroriga oʻzgartirishlar (182-son, 28.02.2019 y.) kiritildi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Kiritilgan oʻzgartirishlarga muvofiq, elektr energiyasi shartnomada koʻrsatilganidan 5 foizdan koʻp isteʼmol qilinganda, ortiq isteʼmol qilingan elektr energiyasi uchun belgilangan tarifning 1,15 baravari miqdorida toʻlov undiriladi. Ilgari, bir yarim baravari miqdorida undirilgan.

Shuningdek, isteʼmolchilarga elektr energiyasi va gaz yetkazib berish isteʼmolchilar tomonidan murojaat qilinganida 50 foizlik oldindan haq toʻlash asosida ham amalga oshiriladi. Bunda, hisob-kitobni 50 foiz oldindan haq toʻlaydigan isteʼmolchilar hisob-kitob amalga oshiriladigan davrni koʻrsatib 5 kun oldin Byuroga murojaat qilishlari lozim.

Ilgari, faqat 100 foizlik oldindan haq toʻlanganida yetkazib berilgan.

Oldindan haq toʻlanmagan, 50 foizlik haq toʻlaydigan isteʼmolchilar tomonidan oy oxirigacha yakuniy haq toʻlanmaganda, mazkur isteʼmolchilarga nisbatan elektr va gazdan toʻliq uzishgacha boʻlgan choralar koʻriladi.

Elektr energiyasi uchun amaldagi tariflar oʻzgargan taqdirda isteʼmolchilar avans tariqasida toʻlangan toʻlov kunidan boshlab keyingi 2 oydan ortiq boʻlmagan muddatda, maishiy isteʼmolchilar esa – keyingi 6 oydan ortiq boʻlmagan muddatda qoʻshimcha toʻlov toʻlashdan ozod etiladi.

Ilgari bu muddat 12 oyni tashkil etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Elektr va gazdan foydalanish tartibiga oʻzgartirishlar kiritildi