21:09 / 03.03.2019
19 730

Koʻrgazma niqobi ostida itlar jangi tashkil qilgan fuqarolar jazolandi

Koʻrgazma niqobi ostida itlar jangi tashkil qilgan fuqarolar jazolandi
Toshkent shahar IIBB hayvonlarga shafqatsiz munosabatda boʻlish va hayvonlar janglari tashkilllashtirishga qarshi qaratilgan qonun ishlab chiqish boʻyicha taklif tayyorlamoqda.

Soʻnggi vaqtlarda Respublika hududida va Toshkent shahri hududida hayvonlar janglari haqida turli xabarlar paydo boʻlmoqda. Masalan, oʻtgan haftada Facebookdagi “GUVD: dialog s naseleniyem (Tashkent)” guruhida Karina Mirzayeva nomli foydalanuvchi Sergeli tumani hududida itlar jangi tashkil qilinganini keskin norozilik bilan xabar qilgan edi.

IIBB ushbu xabar yuzasidan darhol choralar koʻrdi. Voqea joyiga yetib kelgan tuman IIB va Milliy gvardiya xodimlari itlar jangini darhol toʻxtatishdi. Ushbu tadbirni “koʻrgazma” sifatida tashkil qilgan “Oʻzbek boʻribosari” (uzbekskiy volkodav) jamiyati rahbariga nisbatan maʼmuriy chora (jarima) qoʻllanildi.

Toshkent shahar IIBB Oʻzbekistonda hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlish, “koʻrgazma” niqobi ostida uyushtirilayotgan hayvonlar janglariga nisbatan befarq qolmadi. Ushbu holatlarni oldini olishga nisbatan barcha choralar koʻrilmoqda.
Undan tashqari, IIBB hayvonlarga shafqatsiz munosabatda boʻlgan shaxslarga nisbatan jazo chorasini kuchaytirish taklifi bilan chiqmoqda.

Ushbu borada oʻzga mamlakatlar tajribasi oʻrganib chiqildi. Masalan, Rossiyada 2018 yilning 27 dekabrida “Hayvonlarga nisbatan munosabatlarda javobgarlik toʻgʻrisidagi” qonun qabul qilingan edi. Unda nafaqat hayvonlar janglari uyushtirish va hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlish, balki ushbu mazmundagi materiallarni tarqatish ham taʼqiqlangan.

AQSH qonunchiligida ham itlar janglari mutlaq taʼqiqlangan va ularning tashkilotchilariga nisbatan qattiq jazo choralari belgilangan.
Buyuk Britaniyada hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlish 51 haftagacha qamoq jazosi va 20 ming funt jarima bilan jazolanadi.
Qoʻshni Qozogʻistonda esa – itlar janglari faqat seleksiya maqsadlarida va faqat birinchi qon chiqquniga qadar oʻtkazilishi taʼkidlangan.

Oʻzbekiston qonunchiligida hayvonlar janglarini taʼqiqlovchi qonun yoʻq, lekin hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlish haqidagi qonun bor. Unga koʻra aybdor EKIHning 0,5 – 2 barobari miqdorida jarima bilan jazolanishi mumkin. Tajribadan koʻrinib turibdiki, ushbu choralar shafqatsiz insonlarni toʻxtatib qola olmaydi.

Rahm-shafqat va insonparvarlik bolalarda yoshlikdan tarbiyalanadi. Ular birinchi darslarini, albatta, kattalarning bir-biriga, oʻzidan kichik va kuchsizlarga hamda inson oldida himoyaga muhtoj boʻlgan hayvonlarga nisbatan munosabatidan koʻrib oʻrganadi, - deyilgan IIBB xabarida.

Eslatib oʻtamiz, Toshkentda shahar IIBB oʻtgan haftada profilaktika inspektori mushukchaga ozor bergan bolalar bilan suhbat oʻtkazgani va ijobiy natijalarga erishgani haqida xabar qilgan edi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Koʻrgazma niqobi ostida itlar jangi tashkil qilgan fuqarolar jazolandi