Namangan viloyati prokurori ishdan olindi

  • 04 mart 2019, 16:09
  • 2 551
  • Jamiyat
  • Namangan viloyati prokurori ishdan olindi
    Namangan viloyati prokurori lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Kun.uzʻga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

    Bildirilishicha, Ulugʻbek Toshev qonuniylik, huquqbuzarliklar erta profilaktikasini taʼminlash, kadrlar tarbiyasida yoʻl qoʻygan kamchiliklari uchun Namangan viloyati prokurori lavozimidan ozod etildi.
    Manba xabariga koʻra, U.Toshevning oʻzi ham ishdan ozod etishlarini soʻrab ariza yozgan.

    Maʼlumot uchun: adliya katta maslahatchisi Ulugʻbek Alisherovich Toshev Namangan viloyati prokurori etib tayinlanishidan avval Toshkent shahrining Yakkasaroy tumani prokurori, Toshkent shahar prokuraturasida turli masʼul lavozimlarda ishlagan.

    Eslatib oʻtamiz, oʻtgan hafta Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev hududlarni kompleks rivojlantirish boʻyicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishish, yangi loyihalarni belgilash maqsadida Namangan viloyatiga safar qilgandi.

    » » Namangan viloyati prokurori ishdan olindi