Namangan viloyatiga yangi prokuror tayinlandi

  • 04 mart 2019, 17:50
  • 2 428
  • Jamiyat
  • Namangan viloyatiga yangi prokuror tayinlandi
    Oʻzbekiston Respublikasi bosh prokurori oʻrinbosari Rashid Rahmatov Namangan viloyatiga prokuror etib tayinlandi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar qilmoqda.

    U prezidentning Namangan viloyatiga tashrifi davomida faoliyatida yoʻl qoʻygan kamchiliklari uchun lavozimidan ozod qilingan Ulugʻbek Toshev oʻrnida ish boshlaydi.
    R.Raxmatov 1978 yilda tugʻilgan, maʼlumoti oliy, huquqshunos. 2004 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

    Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 2004 yilda Navoiy shahar prokuraturasida boshlab, Navoiy viloyati prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda, 2009 yildan Bosh prokuratura boshqarma prokurori, katta prokurori, Buxoro shahar prokurori, Bosh prokuratura boshqarma boshligʻi oʻrinbosari, boshqarma boshligʻi lavozimlarida faoliyat yuritgan.

    2017 yilning noyabrida Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori lavozimida ish boshlagan, 2018 yilning noyabrida Oʻzbekiston Bosh prokurorining qishloq xoʻjaligi boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlangandi.

    » » Namangan viloyatiga yangi prokuror tayinlandi