08:10 / 05.03.2019
3 839

Nodavlat sport inshootlarini qurish uchun yer 30 yilga bepul beriladi

Nodavlat sport inshootlarini qurish uchun yer 30 yilga bepul beriladi
Hukumat qarori bilan Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Nizomga muvofiq, davlat-xususiy sheriklik quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
- nodavlat sport inshootlarini qurish va foydalanish uchun yerni bepul berish (30 yilga);
- davlat sport inshootlarining foydalanilmayotgan qismini bepul foydalanish uchun xususiy sheriklarga oʻtkazish (30 yilga);
- mavjud davlat sport inshootlarini qayta qurish va jihozlash (30 yilga);
- keyinchalik begʻaraz yordam koʻrsatish sharti bilan sport inshootlarini qurish uchun yerni bepul berish (20 yil va undan ortiq davrga);
- konsessiya asosida qurish, qayta qurish va jihozlash uchun yer yoki bino ajratish;
- xususiy sport inshootlarini moddiy-texnik va moliyaviy taʼminlash.
Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimlarni tuzish boʻyicha 5 kishilik tanlovlarni oʻtkazish komissiyasi tuziladi.

Tanlov boshlanishidan 30 kun oldin internet tarmogʻida va rasmiy saytlarda bu haqda eʼlon beriladi.
Tanlovda qatnashmoqchi boʻlganlar komissiyaga ariza beradi.
Ariza 10 kunda komissiya tomonidan koʻrib chiqiladi.
Kamida ikki ishtirokchidan tanlovda ishtirok etish uchun arizalar kelib tushganda, tanlov oʻtkaziladi.
Eng maqbul taklif egasi tanlov gʻolibi deb topiladi va u bilan bitim tuziladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Nodavlat sport inshootlarini qurish uchun yer 30 yilga bepul beriladi