17:44 / 05.03.2019
6 041

Prezident yuk va yoʻlovchi tashish tizimiga oid yangi qaror imzoladi

Prezident yuk va yoʻlovchi tashish tizimiga oid yangi qaror imzoladi
Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti “Yuk va yoʻlovchi tashish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorni imzoladi.

Hujjat bilan Transport vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi va “Oʻzstandart” agentligining 2019 yil 1 iyuldan eʼtiboran quyidagilarni bekor qilish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berildi:

a) xalqaro tashuvlarda foydalaniladigan shatakchi avtomobillarga litsenziya kartochkalarini berish uchun davlat bojini toʻlash tartibi;

b) quyidagilarni majburiy sertifikatlash:
- “Yevro-5” va “Yevro-6” ekologik sinflari talablariga javob beradigan, Yevropa ittifoqi mamlakatlarida ishlab chiqarilgan hamda olib kiriluvchi yangi yuk va maxsus avtotransport vositalarni, shuningdek, yuklarni avtomobil transportida tashish uchun tirkama va yarim tirkamalarni;
- transport-ekspeditorlik xizmatlarini;

v) yoʻlovchilarni tashish uchun foydalaniladigan avtotransport vositalarida nazorat-kassa apparati mavjudligi toʻgʻrisidagi talabni, agar chek berilishi yoki yoʻlovchi safarini elektron roʻyxatga olish imkoniyati mavjud boʻlsa;

g) malaka talablariga muvofiqlik uchun attestatsiyadan oʻtish toʻgʻrisidagi talab:
- avtomobil transportida yuk tashish bilan shugʻullanadigan yakka tartibdagi tadbirkorlar;
- korxona shtatida avtotransport vositalari ekspluatatsiyasi va tashuvlar xavfsizligini taʼminlash uchun masʼul boʻlgan mutaxassis alohida birligi mavjud boʻlganda, shuningdek, belgilangan tartibda attestatsiyadan oʻtganda, yuridik shaxsning rahbari;

d) avtomobil transportida yoʻlovchilar va yuklarni tashish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya olishda yuridik shaxslar balansida avtotransport vositalarining mavjudligi toʻgʻrisidagi talab.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident yuk va yoʻlovchi tashish tizimiga oid yangi qaror imzoladi