22:05 / 05.03.2019
3 531

Gulnora Bobojonova: “Jurnalistlarning huquqlari koʻp hollarda inobatga olinmayapti”

Gulnora Bobojonova: “Jurnalistlarning huquqlari koʻp hollarda inobatga olinmayapti”
Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi direktori Gulnora Bobojonova jurnalistlarning huquqlari koʻp hollarda inobatga olinmayotganini maʼlum qildi. Bu haqda Bobojonova 5 mart kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida tashkil etilgan davra suhbatida aytib oʻtgan.

“Ularning (jurnalistlar - tahr.) maqomini mustahkamlash uchun Jurnalistlar kasaba uyushmasini tashkil etish kerak. Ular madaniyat xodimlari kasaba uyushmasiga biriktirib qoʻyilgan. Vaholanki, jurnalistika kasbining xususiyatlari madaniyat va taʼlimdan farq qiladi”, — deya qayd etgan markaz direktori.

Jurnalistika sohasiga oid huquqiy-normativ aktlarga oʻzgartirish kiritish orqali ularni takomillashtirish boʻyicha tashkil etilgan davra suhbatida Bobojonova “koʻp hollarda jurnalistlarga ham huquqiy savodxonlik” yetishmasligini taʼkidlagan.

Uning aytishicha, jurnalistlar qonunlar bilan tanish emas. Bu borada jurnalistlar malakasini oshirishga koʻproq eʼtibor qaratish kerak, deb hisoblaydi Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi direktori.

Avvalroq, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori OAV faoliyatiga asossiz aralashuvidan ogohlantirish, OAV hamda davlat idoralari, jismoniy, yuridik shaxslar oʻrtasidagi nizoli holatlarni hal qilish bilan shugʻullanuvchi Media-ombudsmen instituti tashkil etilishini bildirgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Gulnora Bobojonova: “Jurnalistlarning huquqlari koʻp hollarda inobatga olinmayapti”