09:57 / 06.03.2019
7 642

Surxondaryoda Milliy gvardiya, ichki ishlar va chegara qoʻshinlariga ishga joylashni vaʼda qilgan “DXX xodimlari” ushlandi

Surxondaryoda Milliy gvardiya, ichki ishlar va chegara qoʻshinlariga ishga joylashni vaʼda qilgan “DXX xodimlari” ushlandi
Foto: UzNews
Firibgarlik harakatlari uchun muqaddam sudlangan Jonibek Azimov va Nurali Xudoyberdiyevning oxirgi ovi baroridan kelmadi. Ular Davlat xavfsizlik xizmati Surxondaryo viloyat boshqarmasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi departamentining hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan qoʻlga olindi, deya xabar bermoqda OʻzA.

Mazkur shaxslar oʻzlarini goʻyoki Davlat xavfsizlik xizmati idoralarida ishlayman deya tanishtirib, sodda odamlarning ishonchiga kirib, ularning farzandlarini oliy oʻquv yurtiga oʻqishga kiritish, muddatli harbiy xizmatga yuborish va huquq-tartibot idoralariga ishga joylashtirishni vaʼda qilib, ulardan pul talab qilib kelgan.

Lekin bu kimsalarning keyingi firibi ish bermadi. Bu gal ular yana bir fuqaroni ichki ishlar organlariga ishga kiritish evaziga Termiz shahrida 2,2 million soʻmni olayotgan vaqtda ashyoviy dalil bilan ushlandi. Maʼlum boʻlishicha, J.Azimov va N.Xudoyberdiyev ushbu shaxsni ishga joylash bahonasi bilan muqaddam undan 3900 AQSH dollari ham undirgan.

Bundan tashqari, yana bir fuqaroni Milliy gvardiyaga ishga kiritishni vaʼda qilib, undan 3300 AQSH dollari miqdorida pul olishgan.
Shuningdek, boshqa bir fuqaroning farzandini DXX Chegara qoʻshinlariga harbiy xizmatga kiritishni vaʼda qilib, undan 3 ming AQSH dollari va 6,6 million soʻm olishgan.

Tergovoldi surishtiruv ishlari davomida Nurali Xudoyberdiyevning yashash joyi koʻzdan kechirilganda soxta hujjatlar, blankalar hamda harbiy kiyim topildi.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga muvofiq jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Surxondaryoda Milliy gvardiya, ichki ishlar va chegara qoʻshinlariga ishga joylashni vaʼda qilgan “DXX xodimlari” ushlandi