11:48 / 06.03.2019
5 460

Jarima toʻlash joniga tekkan qoidabuzar fotoradarni atayin agʻdarib ketdi (video)

Jarima toʻlash joniga tekkan qoidabuzar fotoradarni atayin agʻdarib ketdi (video)
Buxoroda spirtli ichimlik ichgan fuqaro qoidabuzarliklarni aniqlaydigan fotoradarni atayin agʻdarib ketdi deb xabar beradi “Zamon” axborot tahliliy dasturi.

Fuqaro Sherzod Islomov toʻydan shirakayf boʻlib doʻstining mashinasida Gʻijduvondagi uyiga qaytib ketayotganda yoʻl chetidagi fotoradarni koʻrib qoladi va doʻstidan mashinani toʻxtatishni soʻraydi. Mashinadan tushgach Sherzod Islomov fotoradarni tepib agʻdaradi. Mazkur voqea sodir boʻlgan paytda voqea joyga yetib kelgan YPX xodimlari uni qoʻlga olishadi.

Qoidabuzarga sud tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy Kodeksining tegishli moddasiga binoan eng kam ish haqining 3 barobari miqdorida jarima toʻlash jazosi tayinlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jarima toʻlash joniga tekkan qoidabuzar fotoradarni atayin agʻdarib ketdi (video)