11:23 / 06.03.2019
4 838

Bir ayolni fohishalikka olib ketayotgan ayol Toshkent xalqaro aeroportida qoʻlga olindi

Bir ayolni fohishalikka olib ketayotgan ayol Toshkent xalqaro aeroportida qoʻlga olindi
Shu yilning 1 mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xodimlari tomonidan Toshkent shahridagi I.Karimov nomidagi xalqaro aeroportda tezkor tadbir oʻtkazildi.

Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, 1971 yilda Fargʻona viloyatida tugʻilgan fuqaro M.T. Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahriga bir nafar ayolni avvaliga 8000 AQSH dollari ishlab berish sharti bilan kelishib, shahvoniy maqsadlarda foydalanish uchun olib ketayotgan boʻlgan.

Tadbir natijasida ushbu shaxs qoʻlga olingan. U muqaddam Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi, yaʼni odam savdosi jinoyatini sodir etganligi uchun sudlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bir ayolni fohishalikka olib ketayotgan ayol Toshkent xalqaro aeroportida qoʻlga olindi