09:56 / 07.03.2019
3 657

Hibsxonalarda saqlanayotganlarga tibbiy yordam koʻrsatish tartibi belgilandi

Hibsxonalarda saqlanayotganlarga tibbiy yordam koʻrsatish tartibi belgilandi
“Ichki ishlar organlarining vaqtincha saqlash hibsxonalari hamda maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun moʻljallangan maxsus qabulxonalarda saqlanayotgan shaxslarga davlat sogʻliqni saqlash muassasalarida tibbiy yordam koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanalida xabar qilindi.

Nizomga muvofiq, maxsus muassasada saqlanayotgan shaxslarga statsionar sharoitda tibbiy yordam koʻrsatilishi zarur boʻlgan hollarda ularga davlat sogʻliqni saqlash muassasalarida tibbiy yordam koʻrsatiladi.

Shunga koʻra, maxsus muassasada saqlanayotgan shaxs muassasa tibbiyot xodimlariga kameralarni har kungi koʻzdan kechirish vaqtida, shoshilinch va kechiktirib boʻlmaydigan hollarda esa, istalgan xodimga tibbiy yordam koʻrsatilishini soʻrab murojaat qilishi mumkin. Bunda shaxsga zarur tibbiy yordam koʻrsatilishi shart.

Tibbiy yordam koʻrsatishda qoʻshimcha tez tibbiy yordam brigadasi chaqirilishi mumkin.

Shifokor shaxsga statsionar sharoitda tibbiy yordam koʻrsatilishi lozimligi toʻgʻrisida qaror qabul qilganda, u shaxsni davlat sogʻliqni saqlash muassasasining maxsus xonasiga joylashtirish choralarini koʻradi.

Maxsus xona nizomda koʻrsatilgan talablarga javob berishi va tegishli jihozlar, buyum va ashyolar bilan jihozlangan boʻlishi kerak

Shaxsni tibbiy koʻrikdan, shuningdek, diagnostika va davolash standartlari asosida instrumental va laborator tekshiruvlardan oʻtkazish hamda davlat sogʻliqni saqlash muassasasining maxsus xonasida tibbiy yordam koʻrsatish ichki ishlar organlari xodimlari nazorati ostida amalga oshirilishi shart.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Hibsxonalarda saqlanayotganlarga tibbiy yordam koʻrsatish tartibi belgilandi