20:05 / 06.03.2019
8 353

Samarqandlik ayol iroqlik erkakni Oʻzbekistonga olib kelib unga nisbatan bosqinchilik qildi

Samarqandlik ayol iroqlik erkakni Oʻzbekistonga olib kelib unga nisbatan bosqinchilik qildi
Foto: “Daryo”/Aleksandra Bezpyatova va Raid Muhammad Rizo Abdulrasul
Jinoyat ishlari boʻyicha Samarqand shahar sudida vaqtincha Samarqandda yashab kelgan Iroq fuqarosiga nisbatan bosqinchilik qilgan shaxslarning sud ishi boʻlib oʻtdi. Bu haqda JIB Samarqand shahar sudiga tayanib “Daryo” maʼlum qildi.

Maʼlum boʻlishicha, 1989 yilda tugʻilgan, muqaddam sudlangan Aleksandra Bezpyatova Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlaridan birida Iroq fuqarosi Raid Muhammad Rizo Abdulrasul bilan tanishib qolgan. Ayol Rizo Abdulrasulni avvaliga Qozogʻistonga, keyin Oʻzbekistonga olib kelgan.

Aleksandra Bezpyatova 1987 yilda tugʻilgan Abdurahmon Oʻrozov bilan jinoiy til biriktirib, Raid Muhammad Rizo Abdulrasulning shaxsiy mulkini bosqinchilik yoʻli bilan qoʻlga kiritishni maqsad qilgan. Ular 2018 yilning 21 iyun kuni soat taxminan 05:00 atrofida Samarqand shahridagi vaqtinchalik uyida boʻlgan Raid Muhammad Rizo Abdulrasulga tosh yordamida oʻlim bilan tajovuz qilib, tanasining turli qismlariga koʻp miqdorda tan jarohati yetkazgan. Jinoyatchilar Iroq fuqarosidan 1300 turk lirasi, 2 350 dollar, 350 000 soʻm hamda 800 iPhone 5s telefonini olib qoʻygan.

Umumiy qiymatda 27 386 250 soʻm boylikka ega chiqqan Oʻrozov va Bezpyatova qasddan Raid Muhammad Rizo Abdulrasulning fuqarolik passportini olib, unga jiddiy zarar yetkazgan.

Oʻrozov va Bezpyatova jinoyat sodir boʻlgan kunning oʻzida, soat 11:00 atrofida jabrlanuvchiga oʻldirish bilan tahdid qilib, butun tanasiga jarohatlar yetkazib 4 000 dollar pulini ham qoʻlga kiritgan.

Faxriddin Xoʻjaqulov Iroq fuqarosini davlatdan chiqarib yuborish evaziga Oʻrozov va Bezpyatovadan 400 dollar olgan. Xoʻjaqulov Raid Muhammad Rizo Abdulrasulni Toshkentga joʻnatib yuborgan.

Jinoyat ishlari boʻyicha Samarqand shahar sudida sudya Gʻayrat Negmatov raisligida boʻlib oʻtgan sud majlisida sodir boʻlgan jinoyat tafsilotlari muhokama qilinib, sudlanuvchilar va jabrlanuvchining fikrlari atroflicha oʻrganilib sud hukmi eʼlon qilidi.

Sud hukmiga koʻra, Abdurahmon Oʻrozov va Aleksandra Bezpyatova Jinoyat Kodeksining 164-moddasi (Bosqinchilik) 2-qismi “a, b, v” bandlari va 227-moddaning (Hujjatlarga shikast yetkazish) 2-qismi “a” bandi boʻyicha boʻyicha aybli deb topildi. Oʻrozov 8 yil 2 oyga, Bezpyatova 6 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Faxriddin Xoʻjaqulov Jinoyat Kodeksining 171-moddasi (Jinoiy yoʻl bilan topilgan mulkni olish yoki oʻtkazish) 1-qismi va 241-moddaning (Jinoyat haqida xabar bermaslik yoki uni yashirish) bilan aybli deb topilib, 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi qoʻllanildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandlik ayol iroqlik erkakni Oʻzbekistonga olib kelib unga nisbatan bosqinchilik qildi