10:35 / 07.03.2019
15 500

Gulnora Karimovaning dunyo boʻylab joylashgan koʻchmas mulklari, shaxsiy samolyoti, oltin yombilari (foto)

Gulnora Karimovaning dunyo boʻylab joylashgan koʻchmas mulklari, shaxsiy samolyoti, oltin yombilari (foto)
Foto: OʻzA
5 mart kuni Gulnora Karimovaning qizi Imon Karimova Instagramʻga joylagan storisda onasi oʻz xonadonidan oʻgʻirlab ketilganligi haqida maʼlum qilgan edi.
Keyinroq Bosh prokuratura holat yuzasidan izoh berib, Gulnora Karimova endi jazoni umumiy tartibli koloniyada oʻtashini eʼlon qildi.

OʻzA jurnalisti Ismat Xushevning (Kanada, Toronto shahri) ushbu voqealar yuzasidan shaxsiy kuzatuv va xulosalarini eʼlon qildi. Uni kichik qisqartirishlar bilan keltirib oʻtamiz.
III
Demak, hammasi tushunarli.
Gulnora Karimova qamoqdan ozod qilinarkan, munosib xulq-atvorga ega boʻlish va tergov bilan hamkorlik qilish haqida oʻzi imzolagan qonun-qoidalarni buzgan.

Shu bilan birga, tergovga yaqin kishilar xabariga koʻra, Gulnora Karimova Oʻzbekistondan oʻgʻirlab olib chiqib ketgan pullarni – oʻzi vaʼda qilganidek, davlatga qaytarishga shoshilmayapti.

Aksincha, Gulnora Karimova, uning oʻgʻli Islom va qizi Imon vaqtida noqonuniy yoʻl bilan orttirilgan, ayni damda chet el banklarida saqlanayotgan pullarni Oʻzbekiston byudjetiga qaytarilishiga toʻsqinlik qilishmoqda.

Bu pullar oʻzbek xalqining pullari, ular birovlarning choʻntagiga emas, balki davlat xazinasiga qaytarilishi lozim.
IV
Ana shunday bir paytda Imon va Islom noqonuniy boyliklarini himoya qilish uchun inson huquqlarini pesh qilib, oʻzlarini oqlash va himoya qilishga urinishlari juda ham kulgili.

Xalqimizda “Yemoqning qusmogʻi ham bor” deb bejiz aytilmagan.

Oʻzbekistonda bugun Gulnora Karimova tomonidan talon-toroj qiligan va oʻz haqlarini qaytarib ololmagan yuzlab kompaniya va minglab aldangan va talangan kishilar bor. Ularning haq-huquqini tergov himoya qilmoqda. Gulnora tergovni aldash bilan, ana shu kompaniyalar, alal oqibat davlatni va oʻzbek xalqini aldamoqchi boʻlyapti.

Qolaversa, Gulnorani oʻz otasi qamadi. Shavkat Miromonovich Mirziyoyev esa unga imkoniyat berib, insonparvarlik qilib, qilgan xatongni tuzat, oʻzingni oqla, deya qamoqdan ozod qildi. Gulnora davlat rahbarining bu iltifot va ishonchini oqlamayapti, oʻz otasida topilmagan rahm-shafqat va odillik qadriga yetmayapti...
V
Gulnora va uning farzandlari turli yoʻllar bilan himoya qilayotgan, oʻz davrida yuzlab noqonuniy kompaniya va odamlardan tortib olingan bu boyliklarning miqdori va koʻlamiga bir nazar solsangiz ajib hayratlarga oshno boʻlasiz. Bugun yer yuzining hamma joyida insonlar uchun bir dollar topish qanchalar mashaqqat boʻlgan bir paytda bu boyliklar miqyosi va miqdori, bahosi va viqori odamni dahshatga soladi.

Gulnora Karimovaga tegishli boʻlgan koʻchmas mulk va boyliklar roʻyxati:

– 4 qavatli uyning bir podezdidagi 1, 3, 4-qavatlarida joylashgan kvartiralarning manzili: 25 Chesham street, London.

– Gonkongdagi koʻchmas mulk. “Arka” turar joy massividagi Pentxaus . Manzili: 80A Moon Tower, The Arch, 1 Austin Road West, Kowloon, Hong Kong.

– Birlashgan Arab Amirliklaridagi koʻchmas mulklar:

№31 va №33 raqamli villalar (Zabeel Saray Royal Residence, Villa # 31, 33), JUMEIRAH ZABEEL SARAY nomli eng boy va muhtasham mehmonxonalar markazida joylashgan koʻchmas mulk manzili – Crescent Road West, The Palm Jumeirah, Dubai, United Arab Emirates, P.O.Box: 27722, Dubai, United Arab Emirates.

Bu koʻchmas mulklar jami 36,9 mln. AQSH dollariga sotib olingan boʻlib, ularning boshlanish narxi 43 mln. AQSH dollari.

– 4001, 4002, 4003 raqamlardagi uch dona qimmatbaho pentxaus. Ular Bonnington, Jumeirah Lakes Towers nomli Dubayning eng qimmatbaho va elitniy rayonida joylashgan. Manzili: UAE, Dubai, Emirates Hills First, Bonnington tower Bldg, penthouse 4001-4003.

– The PALM JUMEIRAH nomli 13,1 mln dollarga baholangan yer maydoni.

DAMAC HEIGTS nomli osmonoʻpar binoda joylashgan ikki kvartira. Ular Dubayning DUBAI MARINA gavanida qad rostlagan. Palma Jumeyra orollariga qarashli bu koshona 1.2.3 va undan koʻp xonalardan iborat boʻlgan dunyoning eng antiqa va noyob pentxauslari sirasiga kiradi...

– Fransiyadagi koʻchmas mulklar:

Parij atrofidagi eng goʻzal va xushmanzara goʻshadagi mana bu dala hovli 2011 yilda 30 million AQSH dollariga sotib olingan.
Manzili: Château de Groussay rue de Versailles 78490 Montfort l´Amaury

– Fransiya poytaxti Parij shahridagi kvartiralar manzili: Monyry 75015 Paris (prospekt Mareshal Monori, Parij, Il-de-Frans). Bu shinam va qimmatbaho kvartiralar 2007 yil 30 million Yevroga sotib olingan...

– San-Tropedagi villa. Manzili: 34 LOT Chenarae 1, 83580 Gassin. 2010 yilda 2,5 million yevroga sotib olingan.

– Rossiya Federatsiyasidagi koʻchmas mulklar:

Rossiyaning eng boy va badavlat odamlari yashaydigan Rublyovkadagi uy:

– Bir xonalik kvartira manzili: Moskva, Sivashskaya koʻchasi, 6/1, kv.58.

– Moskvadagi uch xonalik eng nufuzli rayondagi yana bir kvartira manzili: Moskva, Krasina koʻchasi, 21-uy, 1 qavat...

– Umumiy maydoni 420 m² keladigan uch qavatli turar joy manzili: Moskvaning Komsomolskiy prospektidagi Kamelot massivi, 32-uy, 122 kvartira...

– Qrimdagi eng qimmat pansionat manzili: Qrim Respublikasi, Yalta shahri, Beregovoy manzilidagi Kiparisnaya koʻchasi, 15 korpus...

– Qrimdagi muhtasham mehmonxona manzili: Qrim Respublikasi, Yalta shahri, Beregovoye posyolkasidagi Kiparisnaya koʻchasi 50 uy A korpus...

– Shveysariyadagi koʻchmas mulk:

Ikki qavatli villa manzili: 7 Chemin De La Prévôté, Cologny, Geneva.
Shveysariya matbuotiga koʻra, bu villaning rasmiy sohibasi Gulnora Karimova boʻlib, bu qimmatbaho goʻshani 2009 yil sotib olgan...

– Fransiyadagi villa...

– Sijjakdagi Gulnora Karimovaning rezidensiyasi...


– Gulnora Karimovaning shaxsiy samolyoti “Bombardyer global ekspress”, 48 mln. AQSH dollariga sotib olingan...



– Gulnora Karimovaning chet el banklarida saqlanayotgan oltin yombilari.


VI
Soʻngsoʻz oʻrnida:
Soʻngi paytlarda Gulnoraning ikki farzandi xorijdagi ommaviy axborot vositalarida onalari goʻyo nohaqlik va qonunsizlik qurboni boʻlganini taʼkidlab, u haqda odamlar tafakkurida ijobiy fikrlar paydo qilishga harakat qilib kelmoqdalar.

Bu bilan ular omma fikrini manipulatsiya qilish orqali, onalari oʻzbek xalqidan oʻgʻirlagan million-million pullarni Oʻzbekistonga – davlat xazinasiga qaytarmaslikni niyat qilgan koʻrinadilar.

Ammo, davlat – hamma mamlakatda davlat! U bilan oʻynashmaslik kerak.
Gulnora Karimova istaydimi, yoʻqmi xalqning pullari – xalqqa qaytarilishi shart!

Boshqacha boʻlishi ham mumkin emas!

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Gulnora Karimovaning dunyo boʻylab joylashgan koʻchmas mulklari, shaxsiy samolyoti, oltin yombilari (foto)