Ichki ishlar vazirligi va Bosh prokuratura rahbariyatida kadrlar oʻzgarishi kutilmoqda. Vazir Poʻlat Bobojonov boshqa ishga oʻtgani munosabati bilan uning oʻrniga bir necha nomzod koʻrib chiqilmoqda, deb yozadi Minbar nashri.
Minbarning Ichki ishlar tizimidagi manbalarining aytishicha, vazir lavozimiga tayinlanishi ehtimoli eng katta nomzodlardan biri hozir Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasini boshqarayotgan general-mayor Gʻayrat Qodirovdir. IIV matbuot xizmati hozircha ushbu maʼlumotni tasdiqlamadi.
Gʻayrat Qodirov militsiyadan chiqqan kadr boʻlib, Ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari va Toshkent shahar IIBB boshligʻi lavozimlarida ham ishlagan.
Prokuraturadan chiqqan Poʻlat Bobojonov katta ehtimol bilan yana Bosh prokuraturaga qaytishi kutilmoqda. U Otabek Murodovning oʻrniga Oʻzbekiston Bosh prokurori etib tayinlanganligi haqida maʼlumot bor. Hozircha bu maʼlumotni na Bosh prokuratura, na IIV matbuot xizmati tasdiqladi.
Poʻlat Bobojonov 2017 yil sentyabrda Ichki ishlar vaziri boʻlgan. Ungacha Xorazm viloyati hokimi (2012-2017), Jizzax va Buxoro viloyatlari prokurori (2006-2012), Bosh prokuratura huzuridagi departament boshligʻi (2005-2006), Bosh prokuror oʻrinbosari (2000-2005) sifatida ishlagan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi