16:23 / 07.03.2019
5 600

Roʻmol uchun kurashda gʻolib boʻldik, lekin tasatturni boy berdik...

Roʻmol uchun kurashda gʻolib boʻldik, lekin tasatturni boy berdik...
Dunyoning butun muvozanatlarini ostin-ustun qilgan ikkita jahon urushidan keyin kelib chiqqan Sovuq urush kapitalizm va sotsializm oʻrtasida avvaldan kelishib olingan kurashga asoslangan soxta tartib edi.
Sovuq urushning ortida AQSHni har jihatdan qoʻlga olgan amerikalik yahudiylarning kuchi bor edi.

Sovuq urush AQSHning, toʻgʻrirogʻi, uni qoʻlga olgan yahudiy kuchining ham AQSH, ham dunyo miqyosida mustahkamlanishi va kuchaytirilishi uchun vaqtdan yutish maqsadida oʻylab topilgandi.
Yahudiy kuchi taxminan yarim asr ichida AQSHni har tomonlama qoʻlga olishning uddasidan chiqdi.

Turkiyadagi sekyulyar tizim esa 28 fevraldagi toʻntarishi (Turkiyada 1997 yilning 28 fevralida amalga oshirilgan bilvosita davlat toʻntarishi – tarj.) bilan global tizimning yoʻldoshi ekanini yana bir bor isbotladi.
Yahudiy kuchi boshchilik qiladigan global tizimning oldida yangi tahlika borligi haqida xulosaga kelindi.

Oʻsha vaqtda NATOning bosh kotibi boʻlgan Villi Klaas “Global tizimning oldidagi eng katta tahdid – Islom”, degan holda bu tahlikaning nomini ochiq-oydin bayon qilgan edi.
Sovuq urush tugatiladigan, Islomga qarshi urush “terrorizmga qarshi urush” nomi bilan NATOning asosiy strategiyasi sifatida belgilanadigan boʻldi.

Global tizim Islomni oshkora nishonga olar ekan, Turkiyada 28 fevral toʻntarishining poydevori qoʻyildi va oʻsha kuni koʻchalardan tanklar olib oʻtildi.
Global tizim Islomni nishonga olar ekan, uning yoʻldoshi ekanini namoyon qilgan Turkiyadagi sekyulyar tizim Islomni “jaholatparastlik” nomi bilan eng katta tahdid oʻlaroq eʼlon qildi.

Juda katta xiyonat edi – bu
Avvalroq 28 fevral toʻntarishining eng katta uchta xiyonatini qisqacha shunday taʼriflagan edim:

1. “Jaholatparastlik” bahonasida jamiyatimizning mavjudiyat sababi boʻlgan, tarix yaratishiga imkon beruvchi islomiy identifikatsiyasini bostirish, ruhiy ildizlarini quritish.

2. Bu jamiyatni ming yil davomida bir-biriga bogʻlagan islomiy identifikatsiyasini yerga urish, kuchsizlashtirish, bunga muqobil tarzda etnik identifikatsiyalarni kuchaytirish, Turkiyani parchalanish ostonasiga olib borish...

3. “Moʻtadil Islom” nomi bilan tanishtirilgan Islomni protestantlashtirish loyihasi uchun yoʻl ochish, musulmonlarning zehniy oʻzgarishlarga uchrashi, zehniy sovrilishlar tomon yetaklanishi...

Mazkur xiyonatlarning ikkitasiga avvalroq toʻxtalib oʻtgan edim, hozir esa uchinchisi – natijasi eng xavflisi haqida soʻz yuritmoqchiman.

28 fevral toʻntarishining eng katta xiyonati: Islomni protestantlashtirish loyihasi
28 fevral toʻntarishi Islomning bayroqdori boʻlgan bu zamindan Islomning izini oʻchirish loyihasi edi.
Shu sababli ham ming yil davom etishi aytildi.

Ming yil davom etmadi, ammo zehnlarimizni oʻzgartirdi: roʻmol uchun kurashda gʻalaba qozondik, biroq tasatturni boy berdik!
Roʻmol-tasattur deganim bilan, bu gapni hayotning har jabhasiga nisbatan qoʻllash mumkin, masalani roʻmol-tasattur darajasiga tushirishni istamayman.
Aslida men eʼtiborni tortmoqchi boʻlgan jihat mana bu: nima uchun kurashdik, lekin qayerlarga sovrilib ketdik?

Tasatturning ruhidan deyarli asar qolmaganini koʻrib, biz roʻmol deb shuning uchun kurashganmidik, deya soʻrashdan oʻzimizni toʻxtata olmaymiz. Demak, boshimizdan oʻtganlarni hisob-kitob qilish hamda har jabhada degeneratsiya roʻy berayotgan bu jarayonni qanday qilib oʻnglash ustida bosh qotirishga majburmiz.

28 fevral toʻntarishi oddiy toʻntarish emasdi. Zehnlarni oʻzgartirishni, jamiyatni psixologik yengishni maqsad qilgan quv, ikki yuzli, postmodern toʻntarish edi.
Jamiyatni, ayniqsa, musulmonlarni tiz choʻktirishga, zehniy sovrilishlarga uchrashiga erisha oldi. Albatta, bu hodisaning bir tomoni, boshqa tomonlari ham bor.

Ehtimol, 28 fevral bilan bogʻliq ravishda tuzishimiz mumkin boʻlgan va xavotirga eng koʻp sabab boʻluvchi gap shu: 28 fevral toʻntarishi musulmonligimizning sifatini koʻrishimizga imkon beradigan lakmus qogʻozi vazifasini oʻtab berdi.

Islomni protestantlashtirish loyihasi FЕTOga (Fathullohchi terror tashkiloti, Fathulloh Gulen boshchiligidagi harakat – tarj.) havola etilgan edi. Faqat Turkiyada emas, butun dunyo boʻylab.

Global tizim eʼtiroz bildirmaydigan, hayotdan uzoqlashtirilgan, individual eʼtiqod darajasiga tushiriladigan, qarshilik koʻrsatish va mavjudiyat imkoniyatlari yoʻq qilinadigan, “chuchmal” Islomni oʻylab topishga urinildi.

28 fevral toʻntarishidan keyin musulmonlarning konformizmga, opportunizmga taslim boʻlishi, asov sekyulyarizmga yengilishi, islomiy hassosiyatlaridan ayrilishi, kambagʻallarning muammolariga loqayd boʻla boshlashi, bemalolchilikka oʻrganishi, halol-harom oʻlchovlarini eʼtiborsiz qoldirishi 28 fevralda boshlangan zehniy sovrilishlarning natijasidir.

Sekyulyarlashishning islomiy hassosiyatlarimiz va iddaolarimizni bugʻlashtirgan bu zehniy sovrilish bichimlari bilan yuzlashib hisob-kitob qilmasak, jamiyat qadriyatlarining yoʻq boʻlishining va bizdan umidvor mazlumlarning umidlari chippakka chiqishining oldini ololmaymiz.

Qaytadan musulmonlashishga majburmiz
Buning uchun esa avvalo oʻzimizni tartibga solib, mazlumlarning umidlari soʻnishiga yoʻl qoʻymaydigan tamaddun safariga chiqishimizni taʼminlaydigan zehniy, madaniy, ijtimoiy va axloqiy qadamlarni zudlik bilan tashlash vazifamizdir.
Yusuf Qoplon,
Turkiya, “Yangi shafaq” gazetasi

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Roʻmol uchun kurashda gʻolib boʻldik, lekin tasatturni boy berdik...