09:43 / 08.03.2019
3 432

Biznes uchun yana bir qulaylik

Biznes uchun yana bir qulaylik
Oʻz biznes-faoliyatini boshlayotgan har bir kishining ilk qoʻyadigan qadami tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtishdir. Ushbu jarayon maksimal darajada soddalashtirilmoqda. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligining Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boʻlimi maʼlum qildi.

Bugun tadbirkorlarni roʻyxatdan oʻtkazishning maxsus avtomatlashtirilgan tizimi yaratilgan, biznesni Davlat xizmatlari markazlari orqali atigi 15-20 daqiqa ichida roʻyxatdan oʻtkazish imkoni bor. Hatto DXMga kelmasdan, onlayn tarzda internet orqali roʻyxatdan oʻtish ham mumkin. Muhimi, fuqarolarning elektron xizmatlardan foydalanishini qoʻllab-quvvatlash maqsadida, bunday xizmatlar uchun davlat bojining teng yarmini toʻlash amaliyoti joriy etildi.

Biroq, tez va qulay tarzda roʻyxatdan oʻtish tadbirkor hali oʻz faoliyatini toʻlaqonli ravishda boshladi degani emas. Yaʼni, amalda, tadbirkor roʻyxatdan oʻtganidan soʻng, belgilangan tartibda oʻz muhr va shtamplarini yasattirishi, tijorat banklarida tegishli hisobraqamlarini ochishi, bu haqda soliq va boshqa idoralarni xabardor qilishi lozim edi.

Endi hammasi oʻzgaradi!

Mamlakat rahbarining tegishli qarori bilan mazkur jarayonlarni soddalashtirish boʻyicha Adliya vazirligi zimmasiga qator vazifalar yuklatildi.

Tez kunlarda turli davlat organlariga taqdim etiladigan maʼlumotlar, tegishli blank va shakllarni oʻz muhri bilan tasdiqlash talabi bekor qilinishi rejalashtirilgan.

Bugunning oʻzida esa, tadbirkorlarda roʻyxatdan oʻtkazish jarayonida bank hisobraqamlarini masofadan turib ochish imkoniyati mavjud. Asosiy vazifa — ishbilarmonlar turli byurokratik jarayonlarga vaqt va pullarini sarflashlarining oldini olish. Endi davlat idoralari ostonasida navbat kutib sargʻayishga hojat yoʻq.

Tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish va tadbirkor tomonidan ushbu jarayonga sarflayotgan vaqtini qisqartirish Oʻzbekistonning “Doing Business” reytingidagi koʻrsatkichini yaxshilashga xizmat qiladi.

Yangi bank hisobraqamini ochish jarayoni 5 daqiqa vaqtingizni oladi. Buning uchun Davlat xizmatlari markazida tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtib va kerakli bankni tanlashingiz lozim. Bugungi kunda biznesni roʻyxatdan oʻtkazgandan keyin hisobraqamni “Agrobank”, “Trastbank”, “Ipoteka bank”, Milliy bank, “Qishloqqurilishbank”, “Turon bank”, “Hamkor bank”, “Asaka bank”, “Aziya Alyans bank”, “Oʻzagroeksport bank”, “Poytaxt bank”, “Ziraat bank”laridan ochish imkoniyati mavjud.

Yaqin kelajakda ushbu roʻyxatga Oʻzbekistonning barcha tijorat banklari kiritiladi.

Bank hisobraqamini fo.birdarcha.uz orqali ham ochish mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Biznes uchun yana bir qulaylik