23:39 / 07.03.2019
3 633

Oʻzbekistonda aviatsiya sohasida mutaxassislar tayyorlash tiklanadi

Oʻzbekistonda aviatsiya sohasida mutaxassislar tayyorlash tiklanadi
Oʻzbekistonda milliy oliy taʼlim muassasalarida aviatsiya sohasida mutaxassislar tayyorlash tiklanadi. Bu haqda yoʻlovchi va yuk tashuvlarini yanada rivojlantirish boʻyicha yoʻl xaritasida aytiladi.

Xususan, milliy oliy taʼlim muassasalarida aviatsiya sohasida mutaxassislar tayyorlashni tiklash boʻyicha Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi ishlab chiqiladi. Amalga oshirish muddati - 2019 yil 1 aprelgacha. Masʼullar - Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Transport vazirligi.

Shuningdek, “Transport logistikasi” yoʻnalishi boʻyicha yuqori malakali mutaxassislar va boshqaruv kadrlari tayyorlashni tashkil etishning samaradorligi oshiriladi. Bu borada Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi ishlab chiqiladi.

Amalga oshirish muddati - 2019 yil 1 aprelgacha. Masʼullar - Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Transport vazirligi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Oʻzbekistonda aviatsiya sohasida mutaxassislar tayyorlash tiklanadi