00:30 / 08.03.2019
3 220

Chet el valyutasidagi tushumni yashirgani uchun qoʻllaniladigan sanksiyalar bekor qilindi

Chet el valyutasidagi tushumni yashirgani uchun qoʻllaniladigan sanksiyalar bekor qilindi
Kiritilgan oʻzgartirishlar bilan, korxonalar chet el valyutasidagi tushumni yashirgan hollarda Markaziy bank, moliya va soliq organlari tomonidan qoʻllanadigan sanksiyalar bekor qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining telegramdagi “Huquqiy axborot” kanali orqali xabar berildi.

Ular quyidagilar:
- moliyaviy sanksiyalarni qoʻllash va maʼmuriy jarima solish;
- qoidalarni buzgan yoki valyuta nazorati va tartibga solish normalariga rioya qilinishi uchun tegishli chora-tadbirlar koʻrmagan mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish.

Shuningdek, eng kam oylik ish haqining 20 baravaridan ortiq kunlik naqd pul tushumiga ega xoʻjalik yurituvchi subyektlar pulni bankka oʻzlari yoki inkassatsiya xizmati orqali topshiradi.

20 baravardan kam boʻlganlar esa pulni inkassatsiya xizmati orqali oʻzlari belgilaydigan davrda yoki mustaqil topshiradi. Ilgari, pulni mustaqil topshirish tartibi nazarda tutilmagan edi.

Markaziy bank tomonidan tijorat banklarining filiallaridagi naqd pul zaxiralari hajmining eng kam miqdorini tasdiqlashiga oid amaliyot bekor qilindi.
Tijorat banklarida naqd pul mablagʻlari berilishi monitoringi boʻyicha maxsus boʻlinmalar faoliyati toʻxtatildi.

Bundan tashqari bojxona chegarasi orqali charm, momiq moʻyna va qorakoʻl xomashyolarini olib chiqish Prezident yoki Hukumat qarorlari bilan amalga oshirilishi belgilandi.

Ilgari ushbu xomashyolar Davlat bojxona qoʻmitasi va “Oʻzbekcharmpoyabzali” uyushmasi bilan kelishilgan holda Tashqi savdo vazirligi tomonidan beriladigan ruxsatnoma asosida olib chiqilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Chet el valyutasidagi tushumni yashirgani uchun qoʻllaniladigan sanksiyalar bekor qilindi