09:26 / 08.03.2019
8 646

8 mart haqidagi eng qiziqarli faktlar

8 mart haqidagi eng qiziqarli faktlar
1. 1857 yil 8 mart kuni Nyu-Yorkda tikuv hamda poyafzal fabrikalarida ishlovchi ayollarning norozilik namoyishi boʻlib oʻtdi. Ayollar rahbarlardan 10 soatlik ish kuni, quruq va yorugʻ xonalar joriy etilishi, erkaklar bilan baravar maosh toʻlanishini talab qilishdi. Qarangki, namoyish oʻz natijasini berdi. Barcha talablar bajarildi. Fabrikalar qoshida kasaba uyushmalari tuzildi. Ularga ayollar aʼzolikka qabul qilindi.
2. 8 mart 1965 yili rasman dam olish kuni deb eʼlon qilingan. 1914 yili bu kunni rasman Xalqaro xotin-qizlar bayrami deb atash haqida qaror qabul qilingan.
3. Suriyada 8 mart Inqilob kuni sifatida bayram qilinadi.
4. Malayziyada 8 mart “Sulton kuni” deb eʼlon qilingan.
5. Sobiq sovetlar davrida maxsus “8 mart” degan atir ishlab chiqarilgan.
6. Dunyodagi masallardan iborat ilk kitob 1809 yil 8 mart kuni chop etilgan.
7. 1169 yil 8 mart kuni Vladimir Suzdalskiy Kiyevni bosib olgan.
8. 1702 yil 8 mart kuni Anna Angliya qirolichasiga aylangan.
9. 1728 yil 8 mart kuni Rossiya imperatori Petr II ning toj kiyish marosimi tashkil etilgan.
10. 1862 yil 8 martda Nyu-Yorkdagi soʻnggi qaroqchi qatl etilgan.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 8 mart haqidagi eng qiziqarli faktlar