11:33 / 08.03.2019
10 311

Gulnora Karimova oʻz joniga qasd qilgani rostmi?

Gulnora Karimova oʻz joniga qasd qilgani rostmi?
Ijtimoiy tarmoqlarda Gulnora Karimova oʻz joniga qasd qilgani haqidagi xabarlar tarqaldi.

Bunga aniqlik kiritish maqsadida OʻzA muxbiri Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot boʻlimi boshligʻi Surayyo Rahmonovaga murojaat qildi.

Surayyo Rahmonovaning qayd etishicha, G.Karimova bilan bogʻliq tarqalayotgan xabarlar asossiz. Xabar tarqalgach, uning qanchalik haqiqatga yaqinligi tekshirib koʻrildi va uydirma ekani maʼlum boʻldi.

Eslatib oʻtamiz, G.Karimova jazoni oʻtash tartibi va shartlarini qasddan buzganligi sababli jinoyat-ijroiya qonunchiligiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi IIV Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi huzuridagi Probatsiya xizmatining taqdimnomasiga asosan, 2019 yil 5 martda jinoyat ishlari boʻyicha Yashnobod tumani sudi tomonidan unga nisbatan tayinlangan jazoning oʻtalmay qolgan muddati ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan almashtirilib, umumiy tartibli koloniyada oʻtashi belgilangan edi.

Ayni paytda Gulnora Karimova umumiy tartibli koloniyada jazo muddatini oʻtamoqda.

Mazkur xabar tafsilotlari aniqlashtirilmoqda.

Manba: uza.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Gulnora Karimova oʻz joniga qasd qilgani rostmi?