13:06 / 08.03.2019
7 244

“Kenjayev ishi” Sud majlisida Chinatownʻdagi janjal videosi namoyish etildi (video)

“Kenjayev ishi” Sud majlisida Chinatownʻdagi janjal videosi namoyish etildi (video)
2018 yilning avgustida sportchi Jamshid Kenjayevning tungi klubda oʻldirilishi bilan bogʻliq voqea yuzasidan sud jarayoni davom etmoqda.

Avvalgi sud majlisida raislik qiluvchi sudʼya ish hujjatlariga qoʻshilgan videoyozuvlar koʻrib chiqilishi haqida aytib oʻtgandi. 6 mart kuni Toshkent shahar sudida sud majlisiga yigʻilganlarga ushbu videoyozuvlar namoyish etildi.

Avvalgi majlislarda guvoh sifatida chaqirtirilgan “Chinatown” restorani menejeri Yekaterina Mixayeva va ofitsiant Roman Ernazarov koʻrsatma bergandi. Menejerning soʻzlariga koʻra, Jamshid Kenjayev va uning oʻrtoqlari oʻrtasida janjal kelib chiqqach huquq-tartibot organlariga qoʻngʻiroq qilmoqchi boʻlganida, uning telefonini tortib olishga urinishlar boʻlgani haqida aytgan edi.

Sud majlisida ushbu holat tasvirlangan video namoyish qilindi.

Uning ortidan Jamshid Kenjayev oʻz doʻstlari bilan “Aurum-898” tungi klubiga kelgani va pichoqlashuv voqeasi aks etgan videoning aniq tasvirlangan varianti koʻrib chiqildi.

Tungi klubdagi voqea aks etgan videoda bir jihat eʼtiborni tortadi. Videoyozuvning oʻzida belgilangan vaqt boʻyicha, voqea sodir boʻlganidan boshlab taxminan 26-27 daqiqa oʻtgach tez tibbiy yordam xizmati yetib kelgan. Huquq-tartibot organlari xodimlari esa taxminan 10 daqiqa ichida kelishgan.

Quyida mazkur videolar keltiriladi. Ayollar, voyaga yetmagan, keksa yoshlilar va asabi boʻshlarga ushbu videolarni koʻrish tavsiya etilmaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Kenjayev ishi” Sud majlisida Chinatownʻdagi janjal videosi namoyish etildi (video)