16:15 / 08.03.2019
6 128

Yakka tartibdagi tadbirkorlarga ham yoʻlovchilarni tashish huquqi beriladi

Yakka tartibdagi tadbirkorlarga ham yoʻlovchilarni tashish huquqi beriladi
Prezidentning 2019 yil 6 martdagi “Yuk va yoʻlovchi tashish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining telegramdagi «Huquqiy axborot” kanali orqali xabar berildi.

Qarorga muvofiq, 2019 yil 1 iyuldan boshlab quyidagilar bekor qilinadi:
  • xalqaro tashishlarda foydalaniladigan tyagach (shatakchi) avtomobillarga litsenziya kartochkalari berilishi uchun davlat boji toʻlash;
  • “Yevro-5” va “Yevro-6” ekologik sinf talablariga mos keladigan yangi yuk va maxsus avtotransport vositalarini, shuningdek, avtomobilda yuk tashish uchun foydalaniladigan tirkama va yarim tirkamalarni, transport-ekspeditorlik xizmatlarini majburiy sertifikatlash;
  • yoʻlovchilar tashishda foydalaniladigan avtotransport vositalarida nazorat-kassa apparati mavjud boʻlishi haqidagi talablar;
  • avtomobilda yuk tashish bilan shugʻullanuvchi yakka tadbirkorlar, shuningdek, ushbu faoliyat bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxs rahbarining malaka talablariga muvofiqlik yuzasidan attestatsiyadan oʻtishi toʻgʻrisidagi talablar;
  • avtomobilda yoʻlovchilar va yuklarni tashish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya olishda yuridik shaxslarning balansida transport vositalari mavjud boʻlishi haqidagi talablar.

2019 yil 1 apreldan boshlab yuridik va jismoniy shaxslar oʻrtasida ijara shartnomalarini tasdiqlash uchun amaldagi davlat boji miqdori (405 460 soʻm) ikki marotaba kamaytiriladi.

Bundan tashqari, 2019 yil 1 iyuldan boshlab:
  • yoʻnalishsiz taksi uchun talab etiladigan toʻlov terminallari, hisoblagich-tksometrlar va radioaloqa vositalari almashtiriladigan priborlarning funksiyalarini taʼminlaydigan maxsus ilovali qurilmalarga (uyali telefonlar, planshetlar, elektron toʻlov tizimlari) almashtirilishi mumkin;
  • yoʻnalishsiz taksi rangini qonun hujjatlarida talab qilingan rangga muvofiq holga keltirish uchun (viloyatlarda sariq va Toshkent shahrida fil suyagi rangi) oʻzi yelimlanadigan materiallardan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi, ularni boʻyash shart emas;
  • yoʻnalishsiz taksilar avtobuslar uchun ajartilgan maxsus harakat yoʻnalishida harakatlanishi hamda “Toʻxtash taqiqlanadi” belgisi amal qilish hududida toʻxtashi mumkin;
  • 2019 yil 1 sentyabrdan ogʻirlik va gabarit nazorati boʻyicha statsionar va koʻchma shoxobchalar tashkil etish tartibi joriy etiladi.

Bundan tashqari, qarorda taʼkidlanishicha yakka tartibdagi tadbirkorlarga yengil avtomobillarda yoʻlovchilarni tashish faoliyatini amalga oshirish huquqini berish haqidagi takliflar (hozirda ushbu faoliyat bilan faqatgina yuridik shaxslar shugʻullanishi mumkin) bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yakka tartibdagi tadbirkorlarga ham yoʻlovchilarni tashish huquqi beriladi