Oʻzbekistonda bu yil yana suv tanqisligi yuz beradimi?

  • 08 mart 2019, 18:05
  • 3 749
  • Jamiyat
  • Oʻzbekistonda bu yil yana suv tanqisligi yuz beradimi?
    Ayni paytda Chorbogʻ suv omborida 512,5, Toshkent suv omborida 161,47 va Ohangaron suv omborida 79,05 million metr kub suv zaxirasi mavjud boʻlib, suv omborlaridagi suv zaxirasi 2018 yilning mos davriga nisbatan 135 million metr kubga kamaygan, deb yozmoqda “OʻzA”.

    Oʻtgan yil esa ushbu suv omborlaridagi suv zahirasi 2017 yilga nisbatan 7 foizga kamayib, qariyb 400 ming gektar sugʻoriladigan maydondagi ekinlarni sugʻorishda oʻziga xos qiyinchiliklar tugʻdirgandi.

    “Ushbu statistik maʼlumotlar soha mutasaddilari zimmasiga qoʻshimcha masʼuliyat yuklashi tabiiy. Lekin bu yil togʻlarga qor oʻtgan yilgiga nisbatan ancha koʻp tushgani, qolaversa, bahorgi yogʻinli kunlar hali oldinda ekanini hisobga olsak, ehtiyoj ortadigan yoz oylarida suv bilan bogʻliq muammolar boʻlmaydi, deyish mumkin” deyiladi xabarda.

    Prezident Shavkat Mirziyoyevning oʻtgan yili dekabr oyida qishloq xoʻjaligi xodimlariga yoʻllagan tabrigida Toshkent viloyatida jami 45 million kub metr suv yigʻiladigan “Parkentsoy”, “Qizilsoy”, “Toshtepa”, Jizzax viloyatining Forish tumanida “Karaman”, Qashqadaryo viloyatida “Guldara”, “Ayaqchisoy”, Samarqand viloyatida “Bulungʻur” suv omborlari barpo etilishini taʼkidlagandi.

    Shuningdek, kelgusi ikki yilda esa 1 million 200 ming gektar yerning suv taʼminoti barqarorlashtiriladi, yiliga 1 milliard 700 million kub metr suv tejaladi va 600 ming gektar yerning meliorativ holati yaxshilanadi.

    » » Oʻzbekistonda bu yil yana suv tanqisligi yuz beradimi?