00:26 / 09.03.2019
4 444

“Yashil” yoʻlakdan uchish apparatlari “uchib” oʻtolmadi

“Yashil” yoʻlakdan uchish apparatlari “uchib” oʻtolmadi
Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 26 noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining havo boʻshligʻida uchuvchisiz uchish qurilmalaridan sanksiyasiz foydalanishda ogohlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 322-sonli qaroriga muvofiq, mamlakatimiz hududida uchuvchisiz uchish qurilmalaridan noqonuniy foydalanish taʼqiqlangan.

Ammo bugungi kunda ayrim fuqarolar tomonidan noqonuniy yoʻllar bilan kuzatuv kamerali va kamerasiz uchuvchisiz uchish apparatlarini mamlakatimizga olib kirishga boʻlgan urinish hamon uchramoqda.

Jumladan, “Istambul-Samarqand” yoʻnalishi bilan Samarqand xalqaro aeroportiga uchib kelgan fuqaro A.U. “yashil” yoʻlakdan harakatlanayotganda bojxonachilar uni belgilangan tartibda xolislar ishtirokida nazoratdan oʻtkazishdi. Natijada unga tegishli boʻlgan yuk sumkasida xorijda ishlab chiqarilgan uchuvchisiz uchish apparati yashirilganligi fosh etildi. Ushbu shaxs shu tariqa oʻzining qingʻir rejasini amalga oshirishga uringan ekan.

Shuningdek, aynan shu yoʻnalishda parvozni yakunlab, yashil yoʻlakdan harakatlanyotgan yana bir fuqaro G.A.ning sumkasi nazoratdan oʻtkazilganda xuddi shunday rusumli uchuvchisiz uchish apparatini yashirin ravishda olib kirmoqchi boʻlganligi aniqlandi.

Hozirda ushbu holatlar yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Yashil” yoʻlakdan uchish apparatlari “uchib” oʻtolmadi