Oʻzbekiston kran suvi xavfli boʻlgan 187 ta mamlakat qatoriga kiritildi

  • 09 mart 2019, 19:13
  • 2 011
  • Jamiyat
  • Oʻzbekiston kran suvi xavfli boʻlgan 187 ta mamlakat qatoriga kiritildi
    Globehunters turagentligi AQSHning Kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazi maʼlumotlariga tayanib, vodoprovod suvi xavfsiz boʻlmagan mamlakatlar roʻyxatini tuzdi. Bu haqda Daily Mailʻga tayanib Daryo xabar bermoqda.

    Roʻyxatga 187 ta mamlakat, shu jumladan, Oʻzbekiston, Rossiya va deyarli barcha sobiq ittifoq respublikalari (Estoniyadan tashqari) kirdi.
    Taʼkidlanishicha, bu roʻyxatga kirgan mamlakatlar hududida vodoprovod suvi iflos degani emas, u shunchaki ichish uchun toʻgʻri kelmasligi mumkin, xolos.

    AQSH (Guam orolidan tashqari), Kanada, Avstraliya, Chili, Yaponiya, Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni, Buyuk Britaniya, Norvegiya hamda Yevroittifoqning koʻpchilik mamlakatlaridagi vodoprovod suvi esa xavfsiz deb topildi.

    » » Oʻzbekiston kran suvi xavfli boʻlgan 187 ta mamlakat qatoriga kiritildi