Oʻzbekiston Prezidentining 2019 yil 22 fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining muddatli harbiy xizmatni oʻtash tartibini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan joylarda chaqiruv yoshidagi fuqarolarni milliy armiyamiz saflariga tantanali kuzatish marosimlari boshlandi.
Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabariga koʻra. Toshkent shahar mudofaa ishlari boshqarmasi yigʻin punktida yigitlarni muddatli harbiy xizmatga kuzatish marosimi boʻlib oʻtdi. Tantanali kuzatuvda davlat va jamoatchilik tashkiloti vakillari, Toshkent shahar mudofaa ishlari boshqarmasi ofitserlari, faxriylar, yoshlar va milliy armiyamiz safiga yoʻl olgan yigitlarning ota-onalari ishtirok etdi.
– Esimda, aka-ukalarimiz olis-olis yurtlarga yigitlik burchini oʻtash uchun yuborilar edi. Ular qaytib kelgunlaricha yuragimiz bezillab kutardik. Qanday sharoitda va qanaqa muhitda xizmat qilishi bizga qorongʻu edi. Bugun esa nafaqat farzandlarimiz, balki biz ota-onalar ham milliy armiyamiz haqida yetarlicha tasavvurga egamiz. Koʻnglimiz toʻq, xavotirdan xolimiz. Bularning bari armiya va xalqimiz oʻrtasida oʻrnatilgan mustahkam aloqa va iliq munosabatning sharofati, – deydi chaqiriluvchi Xurshid Ismatillayevning onasi Nargiza Usmonova.
Kuzatuv marosimida soʻzga chiqqan jamoatchilik vakillari, ota-onalar yigitlik burchini oʻtashga otlangan oʻgʻlonlarga sharafli burchiga sodiqlik, chidam, sabr-bardosh va harbiy xizmatda ulkan muvaffaqiyatlar yoʻldosh boʻlishini tiladi, deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring