11:02 / 10.03.2019
3 782

Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Namanganga millionta kitob sovgʻa qilindi

Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Namanganga millionta kitob sovgʻa qilindi
9 mart kuni Namanganda Prezident Shavkat Mirziyoyevning viloyatga tashrifi chogʻida belgilab berilgan vazifalar ijrosiga qaratilgan qator tadbirlar oʻtkazilmoqda.

Nampravda xabariga koʻra, Namangandagi Adiblar xiyobonida “Namanganni eng kitobxon viloyatga aylantiramiz” nomli yirik tadbirga start berildi. Tantanali marosimda davlat va jamoat arboblari, viloyat rahbarlari, taniqli yozuvchi va shoirlar, viloyatning iqtidorli hamda faol yoshlari ishtirok etdi.

Foto: Nampravda
“Bu yil bizga 1 millionta kitob sovgʻa qilinadi. Bepul. Viloyatdagi sport maktablariga jihozlar, musiqa va sanʼat maktablariga yangi musiqa asboblari taqdim etiladi”, - dedi Namangan viloyati hokimining oʻrinbosari Paxriddin Matkarimov.

Prezident maslahatchisi oʻrinbosari Farhod Mahmudov viloyat hokimi oʻrinbosariga Namangan 1 millionta kitobni sovgʻa sifatida qabul qilib olishi toʻgʻrisidagi sertifikatni topshirdi.

25 ming nusxadagi badiiy adabiyotlarning birinchi partiyasi allaqachon Namanganga yetib kelgan. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi va yoshlar ittifoqi ularni maktab kutubxonalariga topshiradilar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Namanganga millionta kitob sovgʻa qilindi