15:33 / 10.03.2019
3 943

“Gazel”ning oynasini sindirib, 5,5 mln soʻm pulni oʻgʻirlagan shaxslar qoʻlga olindi

“Gazel”ning oynasini sindirib, 5,5 mln soʻm pulni oʻgʻirlagan shaxslar qoʻlga olindi
2018 yil 21 dekabr kuni Samarqand viloyati Jomboy tumani “Nayman” mahallasida yashovchi X.R. oʻzining “Gazel” mashinasida Jizzax viloyatining Paxtakor tumani “Buyuk Ipak yoʻli” qishloq fuqarolar yigʻini hududida toʻxtab dam olayotgan vaqtida, uch nomaʼlum shaxs davlat raqamlari aniqlanmagan Nexiaʻda kelib, uning mashinasi oynasini tosh otib sindirgan.

Soʻng “Gazel” salonidan 5,5 million soʻm pulni olib, voqea joyidan yashiringan. “Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan edi”, — deya xabar bermoqda Oʻzbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Koʻrilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Toshkent viloyati Ohangaron tumani “Qoraxitoy” qishloq fuqarolar yigʻinida yashovchi B.A., M.A. va D.T. sodir etganliklari aniqlanib, ushlangan. “Tergov harakatlari davom etmoqda”, — deyiladi IIV axborotida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Gazel”ning oynasini sindirib, 5,5 mln soʻm pulni oʻgʻirlagan shaxslar qoʻlga olindi