16:30 / 11.03.2019
9 816

Orolning qurigan maydonida koʻl paydo boʻldi

Orolning qurigan maydonida koʻl paydo boʻldi
Foto: OʻzA
Orolning qurigan maydoni – Moʻynoq tumanidan 200 kilometr olisdagi Vozrojdeniye oroli hududidagi Shagʻala deb nomlanuvchi joyda koʻl paydo boʻldi, deb yozadi OʻzA.

Ushbu koʻl joriy yil yanvar oyida topilgan yer ostidan otilib chiqayotgan chuchuk suv manbasidan hosil boʻlgan.

Orolboʻyi dala gidrogeologik ekspeditsiyasi boshligʻi Shavkat Olimovning taʼkidlashicha, Vozrojdeniye oroli hududida, yaʼni birinchi qazilgan quduqning qoshidan yana bir quduq qazilgan. Bu quduqning suvi ham chuchuk boʻlib, qattiqligi 2,5 milligramm ekvivalentga, minerallashuvi esa litriga 2,5 grammga teng.

“Quduqlar soni koʻpaysa, albatta, bu yerda hayvonot va nabotot dunyosi rivojlanadi, chorvachilik yoʻlga qoʻyiladi va boshqa koʻplab ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik muammolarga yechim topiladi”, — deydi u.

Joriy yilda shunday quduqlardan 50 tasi qazilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, Orolboʻyi hududidagi tumanlarda oʻtgan asrda qazilib, suv chiqarilgan, ammo yillar oʻtishi bilan ishdan chiqib, nosoz holatga kelib qolgan quduqlarni qayta tiklash yuzasidan ham koʻrsatmalar berilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Orolning qurigan maydonida koʻl paydo boʻldi