Foto: “Xabar.uz”
He yoʻq, be yoʻq “Zarafshon tibbiyot birlashmasi”ning teri-tanosil kasalliklari shifokori F.Shodiyev tibbiy maʼlumotnomalarni pullashga tushdi. Boʻlarkan-ku!!! Imi-jimida hazil-huzulga pullayotgan bir enlik qogʻozning kun sayin narxi oshayotganidan oʻzi ham hayron edi. Yoʻq joydan shuncha daromad keltirayotgan tibbiy maʼlumotnomalarni nega pullamasin.
Uning bu galgi mijozi Zarafshon tibbiyot kasb-hunar kolleji oʻquvchisi boʻldi. Shifokor kollej dars soatlarida qatnashmagan F.Saʼdinovga tibbiy maʼlumotnomasini toʻgʻrilab berish evaziga pora tama qiladi. Oʻquvchi yigit buni onasi G.Isroilovaga bildiradi. Ona esa oʻz oʻrnida farzandidan pul tama qilgan shifokorga yana yuzlanib, tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish uchun sanitar daftarchasiga tibbiy koʻrikdan uning ishtirokisiz oʻtkazishni soʻraydi. Shifokor esa rozi boʻladi, faqat pora evaziga... Nafsim mening balodir, har kuylarga solodur... Tibbiy maʼlumotnomalarning har birini 300 ming soʻmdan pullagan oq xalat sohibining ovi baroridan kelganida...
Fuqaro G.Isroilova sodir boʻlishi mumkin boʻlgan mazkur jinoyatning oldini olish maqsadida huquq idoralariga murojaat qiladi. Zarafshon shahar IIB jinoyat qidiruv boʻlimi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbir oʻz natijasini berdi. Teri-tanosil kasalliklari shifokori Zarafshon tibbiyot birlashmasining koʻp tarmoqli poliklinika xizmat xonasida 600 ming soʻm porani oʻzlashtirayotganida xolislar ishtirokida qoʻlga olindi. Ayni kunda mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 214-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, ish sudga oshirildi.
Manba: Xabar.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi