Yaqinda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligida qishloq xoʻjaligi boʻyicha Oʻzbekiston — Rossiya ishchi guruhining III yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Rossiya delegatsiyasiga qishloq xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Sergey Levin boshchilik qildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda tomonlar ikki davlat oʻrtasidagi sheriklik masalalarini muhokama qilishdi, agrosanoat sohasidagi oʻzaro hamkorlik boʻyicha kelgusidagi rejalar belgilab olindi.
Rossiya tomoni ikki mamlakat oʻrtasida mavjud boʻlgan “yashil yoʻlak”larga yana 4 ta punkt qoʻshilib, ularning umumiy soni 11 taga yetganini maʼlum qildi. Endi soddalashtirilgan bojxona rasmiylashtiruvi Astraxan, Dzerjinsk, Sankt-Peterburg va Kolomna punktlarida ham qoʻllaniladi.
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida fitosanitariya nazoratidan oʻtkazishni yanada soddalashtirish maqsadida ikki davlatning tartibga soluvchi organlari oʻrtasida elektron axborot almashinuvini yoʻlga qoʻyishga qaror qilindi.
Oʻzaro tovar ayirboshlash hajmini yanada oshirish yoʻlidagi istiqbolli loyihalardan biri bu ikki davlat viloyat va oblastlarida Ulgurji savdo markazlarini tashkil etish bilan bogʻliq. Oʻzbekistonda tashkil etilishi rejalashtirilayotgan markazlarga “Rosagromarkaz”ni integratsiya qilishga Rossiya tomoni tayyor ekanligini bildirdi. Bu esa yurtimizda yetishtirilgan meva-sabzavot mahsulotlarini bevosita Rossiyaning ulgurji bozorlariga yetkazish imkonini beradi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
“Yuventus” himoyasini titratib tashlagan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi?
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi