06:33 / 12.03.2019
6 419

Andijonlik 38 yoshli ayol 10-farzandini dunyoga keltirdi

Andijonlik 38 yoshli ayol 10-farzandini dunyoga keltirdi
Andijon shahridagi “Yangi hayot” mahallasida istiqomat qiluvchi Shukurjon va Nasibaxon Qodirohunovlar xonadonida 10-farzand dunyoga keldi. Bu haqda “Daryo” nashri xabar bermoqda.

Andijon viloyati perinatal markazi shifokorlari bugun, 11 mart kuni erta tongda tugʻruqni muvaffaqiyatli amalga oshirdi. Hozirda onaning ham, qiz farzandning ham ahvoli yaxshi.

“Farzandlarim — Shukrona, Shunqorbek, Shohidbek, Shukufa, Shukura, Shoniso, Shahina, Shavqiya va Shayhulloning safi yana bir nafarga kengayganidan juda xursandmiz. Yettinchi qizimizga Shamsinur ismini qoʻyishni niyat qilib turibmiz. Yurtimizdagi har bir oilada sogʻlom oʻgʻil-qizlar oʻyin-kulgisi hamisha yangrasin ilohim”, — deydi oilaboshi Shukurjon Qodirohunov.

Shukurjon Qodirohunovning uyi.
Foto: “Daryo”

Eslatib oʻtamiz, Andijon shahridagi Bogʻishamol avtomobil bozori hududida joylashgan “Shukrona Shunqor Shohid” xususiy korxonasi rahbari boʻlgan oʻn nafar farzandning otasi Shukurjon Qodirohunovning “Mikrokreditbank” ATB Andijon viloyati filiali rahbariyati bilan kelisholmay, kredit masalasida bir necha yildan buyon sarson yurgani haqidagi murojaati boʻyicha olib borilgan jurnalistik surishtiruv “Daryo”da eʼlon qilingan edi. 10 marta ota boʻlgan Shukurjon Qodirohunovning “Daryo”ga maʼlum qilishicha, ayni paytda mazkur holat “eski hammom, eski tosligicha” qolmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijonlik 38 yoshli ayol 10-farzandini dunyoga keltirdi