19:04 / 11.03.2019
4 222

Amerikalik talabalar Oʻzbekistonga keldi (foto)

Amerikalik talabalar Oʻzbekistonga keldi (foto)
AQSHdagi Amerika universitetining bir guruh talabalari “Alternative break” dasturi boʻyicha Oʻzbekistonga keldi.

Delegatsiya aʼzolari tashrif davomida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashida koʻngilli yoshlar markazi faoliyati bilan yaqindan tanishib, oʻzbekistonlik koʻngilli yoshlar va oliy taʼlim muassasalari talabalari bilan oʻzaro ochiq muloqot qildi.

- “Muqobil taʼtillar” dasturi doirasida oʻzbek xalqining tarixi, urf-odati va milliy taomlari, yurtimizning diqqatga sazovor joylariga sayohat, shuningdek, Oʻzbekiston yoshlari bilan taʼlim sohasida oʻzaro fikr almashish maqsadida tashrif buyurgan xorijlik talabalar koʻngillilar faoliyatini keng targʻib qilishga qaratilgan loyihalari bilan oʻrtoqlashmoqda, – deydi Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi boʻlim mudiri Munisa Nurmatova.

Xorijlik talabalar AQSHdagi koʻngilli jamoalar tajribasi va amaliyoti haqida oʻzbekistonlik koʻngilli yoshlar bilan tajriba almashdi. Amerika universitetining “Muqobil taʼtillar” dasturi doirasida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda “Yoshlarning diplomatiya va xalqaro munosabatlardagi oʻrni” mavzuiga bagʻishlangan konferensiya oʻtkazilishi rejalashtirildi.

- “Muqobil taʼtillar” dasturi 1993 yilda AQSH universitetlari tizimiga kiritilgan boʻlib, dastur Amerika va dunyoning boshqa mintaqalaridagi yoshlar bilan tanishuv, maʼlumot almashinuvi maqsadida oliy taʼlim muassasalari bilan faoliyat olib bormoqda, – deydi Amanda Martinez. - Amerika universitetining oldingi dasturlari Janubiy Afrika Respublikasi, Gaiti, Isroil, Keniya, Moldaviya, Hindiston va boshqa mamlakatlarida amalga oshirilgan. Bu yilgi oʻquv yilida Tanzaniya, Vyetnam, Oʻzbekiston, Kuba, Gaiti, Shimoliy Irlandiya, shuningdek, Texas va Yangi Orlean shtatlariga sayohatlar uyushtirilyapti. Dastur xarajatlari Amerika universitetining koʻmagi bilan talabalar tomonidan qoplanadi.

Delegatsiya suhbatda oʻz faoliyati boʻyicha maʼlumot berib, AQSHdagi ixtiyoriy amaliyot xususida soʻz yuritdi. Koʻngillilarning jamiyat ravnaqiga qoʻshayotgan hissasi, ushbu maqomning afzallik jihatlari bilan bogʻliq fikr-mulohazalar yuritildi.

Oʻzbekistonda koʻngillilik madaniyatini rivojlantirish imkoniyatlari va uni targʻib qilishning qoʻshimcha usullari oʻzaro muhokama qilindi.

- Men turkiy xalqlar milliy urf-odatlari va anʼanalariga juda qiziqaman. Koʻngilli sifatida yillar davomida Turkiya, Xitoy kabi bir qator davlatlarda faoliyat olib bordim. Bu vaqt ichida chet tillarini oʻrgandim, – deydi amerikalik talaba Peter Ter. - Faoliyatim davomida moddiy manfaatdan koʻra tajriba oshirishga koʻproq eʼtibor qaratdim. Bugun esa birin-ketin maqsadlarimga erishyapman.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Amerikalik talabalar Oʻzbekistonga keldi (foto)