12:42 / 12.03.2019
5 032

Andijondagi boʻyoq zavodida Damas va MAN mashinalari yonib ketdi (foto)

Andijondagi boʻyoq zavodida Damas va MAN mashinalari yonib ketdi (foto)
11 mart kuni Oltinkoʻl tumani, Sadda mahallasida joylashgan “Koʻmakay orzusi” masʼuliyati cheklangan jamiyati hududida baxtsiz hodisa tufayli yongʻin yuz berdi. Bu haqda viloyat ichki ishlar boshqarmasi yongʻin xavfsizligi boshqarmasiga tayanib “Daryo” xabar berdi.

Foto: Andijon viloyati IIB YOXB
Maʼlum qilinishicha, 11 mart kuni soat 21:09 da boshqarma Markaziy dispetcherlik xizmatiga Oltinkoʻl tumani, Shaxidtepa koʻchasidan oʻtib ketayotgan fuqarolar tomonidan Sadda mahallasida joylashgan “Koʻmakay orzusi” MCHJ hududida yongʻin sodir boʻlayotganligi toʻgʻrisida xabar kelib tushgan.

Foto: Andijon viloyati IIB YOXB
8 daqiqa ichida 12 ta yongʻin oʻchirish avtomobili, 1 ta maxsus avtonarvon voqea joyiga yetib bordi. Oʻt oʻchiruvchilarning saʼy-harakatlari bilan 22:35 da yongʻin batamom bartaraf etildi va binoning taxminan 350 kvadrat metr maydoni saqlab qolindi.

Foto: Andijon viloyati IIB YOXB
Sodir boʻlgan yongʻin oqibatida jamiyatning 150 kvadrat metr tom (ayvon) qismi, boʻyoq tayyor mahsulotlari, yengil alangalanuvchi suyuqlik (razbavitel), fuqaro T.S. tegishli boʻlgan Damas hamda Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston tumanida yashovchi R.Gʻ.ga tegishli MAN rusumli yuk avtomobili yonib zararlangan. Yongʻin oqibatida hech kim jabrlanmagan.

Yongʻin boʻyoq ishlab chiqarishda ishlatiladigan “Nefraz” mahsulotini 30 tonnalik MAN avtomobilidan toʻkish vaqtida elektr statik tokini razryadlanishi oqibatida kelib chiqqanligi taxmin qilinmoqda. Ayni paytda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Foto: Andijon viloyati IIB YOXB

Foto: Andijon viloyati IIB YOXB
Eslatib oʻtamiz, 26 fevral kuni Andijon shahar koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasi hududidagi isitish qozonida portlash yuzaga kelishi oqibatida 18 oʻquvchi jarohatlangandi. Shuningdek, 9 mart kuni Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi avtoturargohida yonilgʻi toʻkilib ketishi oqibatida yongʻin yuz bergandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijondagi boʻyoq zavodida Damas va MAN mashinalari yonib ketdi (foto)