20:03 / 12.03.2019
5 284

AQSH hukumati Gulnora Karimova va Behzod Ahmedovga qarshi ayblov ilgari surmoqda

AQSH hukumati Gulnora Karimova va Behzod Ahmedovga qarshi ayblov ilgari surmoqda
AQSH hukumati rasmiy ravishda Oʻzbekistonning Birinchi Prezidentining toʻngʻich qizi Gulnora Karimova va “Uzdunrobita” kompaniyasi sobiq direktori Behzod Ahmedovga qarshi ayblovlarni ilgari surdi, deb xabar berdi “Gazeta.uz”.

Gulnora Karimova va Behzod Ahmedov korrupsion tizimlarda ishtirok etganlik va 865 million dollardan ortiq pul yuvishda ayblanmoqda. Ushbu pullar uchta telekommunikatsion kompaniya — MS, VimpelCom (hozir Veon, Beeline brendi) va TeliaSonera (hozirda Telia Company, Ucell savdo markasiga egalik qilgan) dan pora sifatida olingan.

AQSH adliya vazirligi maʼlumotlariga koʻra, MS 2004—2012 yillarda 420 million dollar, VimpelCom (2006—2012) 114 million dollar, Telia (2007—2010) 331 million dollarni “Oʻzbekistonda telekommunikatsion sanoatni nazorat qiluvchi boshqaruv organlariga taʼsir oʻtkazgan” Gulnora Karimovaga pora sifatida bergan.

Kompaniyalar Gulnora Karimovaga Oʻzbekiston bozoriga kirish hamda operatorlarning keyingi operatsiyalarini amalga oshirishda uning yordamiga suyanish uchun pora bergan, deyiladi xabarda.

“Gulnora Karimova oʻzining rasmiy statusidan taʼmagarlik uchun foydalanib, uchta ommabop telekommunikatsion kompaniyalardan 865 million dollardan ortiq miqdorda pora olganlik va ushbu porani AQSH moliya tizimi orqali yuvishda ayblanmoqda”, — deyiladi AQSH adliya vazirligi xabarida.

Karimova va Ahmedovga qarshi jinoyat ishi Nyu-York Janubiy okrugi sudiga oshirilgan.
Ayblanuvchilarning aybi sudda isbotlanmagunga qadar ularning ikkalasiga nisbatan aybsizlik prezumpsiyasi amal qiladi, deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » AQSH hukumati Gulnora Karimova va Behzod Ahmedovga qarshi ayblov ilgari surmoqda