17:41 / 12.03.2019
3 808

Shavkat Mirziyoyev: har bir rahbar yangicha dunyoqarash bilan ishlashi, xalqqa xizmat qilishi kerak (foto)

Shavkat Mirziyoyev: har bir rahbar yangicha dunyoqarash bilan ishlashi, xalqqa xizmat qilishi kerak (foto)
Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yili Navoiy viloyatiga tashrifi chogʻida Nurota tumanidagi “Chashma” ziyoratgohi atrofini kengaytirish va obodonlashtirish, sayyohlar uchun zamonaviy mehmonxona qurish yuzasidan koʻrsatmalar bergan edi.

Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga koʻra, oʻtgan yili bu ishlar toʻla amalga oshirilib, ziyoratgoh hududi oʻzgacha chiroy ochdi. Ellik oʻrinli “Nurota” mehmonxonasi foydalanishga topshirildi. Manzarali buta va daraxtlar ekilib, favvora bunyod etildi. Ziyoratchilar hordiq chiqarishi uchun soʻri va oʻrindiqlar oʻrnatildi. Muzey binosi, Hunarmandchilik markazini barpo etish davom etmoqda.

Davlat rahbari tarixiy qadamjoni ziyorat qildi, bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarini koʻzdan kechirdi.

“Chilustun” va “Panjvaqta” masjidlari, Abul Hasan Nuriy maqbarasini rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan.

Shu boradagi loyiha takliflari bilan tanishar ekan, prezident ziyoratchi va chet ellik sayyohlar uchun qulayliklarni oshirish, talab yuqoriligini inobatga olib yana sakson oʻrinli mehmonxona qurish, sayyohlarga xizmat turlarini koʻpaytirib, aholini qoʻshimcha daromad bilan taʼminlash zarurligini taʼkidladi.

Quduqlar barpo etish va tomchilatib sugʻorishni yoʻlga qoʻyish orqali Nurota tumanidagi lalmi yerlardan samarali foydalanish, dukkakli ekinlar yetishtirish va chorvachilikni kengaytirish, parrandachilik-gʻallachilik klasteri tashkil etish rejalari muhokama qilindi.

Shavkat Mirziyoyev ushbu barcha chora-tadbirlarni qamrab olgan, Nurota tumanini kompleks rivojlantirish boʻyicha hukumat qarorini ishlab chiqish yuzasidan topshiriq berdi.

Mahalliy aholi vakillari - nuroniylar, tadbirkorlar, xotin-qizlar va yoshlar bilan suhbatda shu kabi rejalar, mamlakat va Navoiy viloyatidagi oʻzgarishlar haqida soʻz bordi.

Prezident Nurota tumanida ham toʻplanib qolgan masalalar bosqichma-bosqich hal etilayotgani, ushbu tashrif chogʻida yana ulkan rejalar belgilanishini qayd etdi.

- Odamlar bizga ishonyapti, ertangi kunga umid bilan qarayapti. Bu ishonchni har bir rahbar yuragidan oʻtkazib, yangicha dunyoqarash bilan ishlashi, xalqqa xizmat qilishi kerak. Eng katta masala - ish joylari. Hamma harakatlarimiz aholini ish bilan taʼminlash, iqtisodiyotimizni rivojlantirishga qaratilgan, - dedi davlat rahbari.

Bundan oldin, prezident mahsulot tannarxini kamaytirish orqali jahon bozoriga chiqish boʻyicha topshiriqlar bergandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev: har bir rahbar yangicha dunyoqarash bilan ishlashi, xalqqa xizmat qilishi kerak (foto)