18:08 / 12.03.2019
4 828

Ozodbek Nazarbekov boshchiligida bir guruh sanʼatkorlar Namanganga tashrif buyurdi (foto)

Ozodbek Nazarbekov boshchiligida bir guruh sanʼatkorlar Namanganga tashrif buyurdi (foto)
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari Ozodbek Nazarbekov hamda bir qator sanʼatkorlar va masʼul tashkilot vakillari bilan birgalikda Namangan viloyatning musiqa va sanʼat maktablarida boʻldi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan Oʻzbekiston Xalq artisti Yoqub Ahmedov, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar Fathulla Maʼsudov, Farhod Abdullayev, Samandar Hamroqulov hamda “Nihol” mukofoti sovrindori Malika Egamberdiyevalar Kosonsoy, Toʻraqoʻrgʻon, Namangan shahar Bolalar musiqa va sanʼat maktablariga tashrif buyurdi.

Tashriflar doirasida isteʼdod egalari bilan samimiy ijodiy uchrashuv va mahorat darslari boʻlib oʻtdi.

Madaniyat vazirligi tomonidan Ozodbek Nazarbekov boshchiligida Namangan shahar Madaniyat markaziga oʻzbek xalq cholgʻu sozlari sovgʻa qilindi.

Foto: Madaniyat vazirligi matbuot xizmati

Foto: Madaniyat vazirligi matbuot xizmati

Foto: Madaniyat vazirligi matbuot xizmati
Shuningdek, bolalar musiqa va sanʼat maktabi hovlisiga bugungi yosh nihollar kuni kelib chinorlarga aylansin deya yaxshi niyat bilan yoshlar bilan birgalikda koʻchatlar ekildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ozodbek Nazarbekov boshchiligida bir guruh sanʼatkorlar Namanganga tashrif buyurdi (foto)