09:46 / 13.03.2019
5 361

Gulnora Karimovaning qizi onasi haqida ayrim tafsilotlarni maʼlum qildi

Gulnora Karimovaning qizi onasi haqida ayrim tafsilotlarni maʼlum qildi
Foto: “Kun.uz”
Gulnora Karimovaning qizi Imon onasining hayotidan ayrim voqealar tafsilotini maʼlum qildi. Bu haqda “Kun.uz” The Guardian ingliz nashriga tayanib xabar bermoqda.
Oʻzbekiston Birinchi Prezidentining nabirasi boʻlmish Imon Karimova ilk marta OAVga katta intervyu berdi.

Nashrga koʻra, Imon onasi uy qamogʻida saqlanayotgan xonadondan Gulnoraning huquq-tartibot organlari olib chiqib ketayotgani aks etgan videolavhalar bilan oʻrtoqlashgan.

“Nimcha va pushti oyoq kiyimdagi Karimovaning bezovta qiyofasi, bir necha yillar oldin, qimmat musiqiy kliplar va shaxsiy parfyumeriya tarmogʻi reklama roligi uchun tasvirga tushgan, gʻarbdan Sting va Jerar Depardye kabi yulduzlarni Toshkentga taklif etgan oʻziga oʻxshamasdi”, — deb yozadi nashr.

Karimova va boshqalar 865 million AQSH dollarini noqonuniy oʻzlashtirganlikda ayblanib, oʻtgan hafta AQSH Adliya vazirligi rasmiy ayblovni eʼlon qildi. Shuningdek, Karimova shveys tergov organlari olib borayotgan korrupsiyaga qarshi kurash ishida figurant hisoblanadi.

“Millionlab oʻzbeklar Rossiyadagi qurilish maydonlarida mehnat qilib, oilasini boqish gʻamida yurgan damlar, Karimovning ikki qizi ham Gʻarb va Oʻzbekiston orasida kibor hayotda yashadi”, — deya voqealarga boʻyoq bergan The Guardian.

Jurnalist bilan suhbatlashgan Imonning aytishicha, u 2014 yili, 15 yoshga toʻlgach, yoz oylari Brighton College xususiy maktabdagi oʻqishidan taʼtil olib Toshkentga qaytgandi. U uyda onasining mehmonlari boʻlgani va shu onda arqonga osilgancha qora niqobli kishilar xonaga bostirib kirganini aytadi.

“Bizning tan qoʻriqchilarimiz boshqa yoʻriqnoma olgandi, shekilli, ular himoyachi emas, qamoqxona darboniga aylanishdi. Onam bobomga qoʻngʻiroq qilishga harakat qildi, lekin u imkonsiz edi. U otasini boshqa hech qachon koʻrmadi”, — deya taʼkidlaydi Iman.

Gulnoraning qizi bu sinovlarning boshlanishi boʻlganini iddao qiladi. U Toshkent yaqinidagi uyda onasining ikki nafar xodimi bilan birga yashaganini bildirdi. Ular bilan birga yashagani aytilayotgan Valentina ismli, 30 yoshli ayol oilasi va yaqinlari bilan koʻrisholmayotganidan noligan. Iman uni sirka ichgani uchun shifokorlar shoshilinch olib ketganini koʻrganini aytadi. Keyinchalik, kichik Karimovaga maʼlum boʻlishicha, u vafot etibdi.

Bosh prokuratura 2017 yilga qadar sobiq prezident qizining taqdiri haqida rasmiy gapirmagandi.

Imon 2015 yili jazoga mahkum etilgan onasi ustidan sud qanday kechganini tasvirlab bergan. Sud ular yashayotgan uyning oshxona qismida, bir necha soat ichida boʻlib oʻtgani aytilmoqda. Suddan soʻng, Imon Toshkent atrofidagi hukumat pansionatiga olib borilgan. U onasini koʻrgani baʼzan borib turgan.

Iman taʼlimda yoʻqotilgan yillardan soʻng, Oʻzbekiston hukumati uning Londonga borishiga qarshilik qilmaganini aytadi. U akasi — kichik Karimov bilan hukumatdan onasini ozod etishlarini iltimos qilgan. Qizning soʻzlariga koʻra, Gulnora salomatligida jiddiy xavflar mavjud, u zudlik bilan operatsiya stoliga yotishga muhtoj.

Kichik Karimov onasining Shveysariya sudi oldida va boshqa ayblovlar uchun huquqiy javob berishini taʼkidladi. U Gulnora Karimova ozod etilsa, amaldagi oʻzbek hokimiyati elitasi bobosi davrida qilgan jinoyatlari izi ochilib qolishini maʼlum qilgan.

“Shunda koʻp narsa oydinlashadi, ularning barchasi bogʻliq”, — deydi oʻgʻil.
Eslatib oʻtamiz, Bosh prokuratura Gulnorani jazoni oʻtash tartibini buzgani uchun qamoqqa olgani xabar berilgandi.

“IIV Jazoni oʻtash bosh boshqarmasi huzuridagi Probatsiya xizmati taqdimnomasi asosida jazoni oʻtash talabi va shartlarini qoʻpol ravishda buzgani sababli jinoyat ishlari boʻyicha Yashnobod tumani sudi tomonidan G.Karimovaga nisbatan tayinlangan jazoning qolgan qismini jinoyat-ijro qonunchiligiga muvofiq umumiy rejimdagi koloniyada oʻtash jazosiga almashtirish toʻgʻrisida ajrim chiqarildi”, – deyiladi Bosh prokuratura tarqatgan xabarda.

Aslida, Gulnora Karimova oʻz otasi Islom Karimov hokimiyatda boʻlgan paytdayoq qoʻlga olingandi. U oʻzbekistonliklar va davlatga jami 3 trillion 746 million soʻm ziyon yetkazganlikda ayblanadi. Uning ishi qanchalik shov-shuvli boʻlmasin, yetkazilgan ziyon va xorijiy bank hisob raqamlarda qolib ketayotgan pullarni haqiqiy haqdor — Oʻzbekiston xalqiga qaytarish murakkab kechmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Gulnora Karimovaning qizi onasi haqida ayrim tafsilotlarni maʼlum qildi