14:07 / 13.03.2019
5 477

Endi Oʻzbekistonda “chegirmali jarima” toʻlash tartibi joriy etiladi

Endi Oʻzbekistonda “chegirmali jarima” toʻlash tartibi joriy etiladi
Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorni imzoladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi manfaatdor idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda sud tomonidan maʼmuriy jarimaga tortish holatlaridan tashqari, jarimaga tortish toʻgʻrisidagi qaror topshirilgan sanadan boshlab oʻn besh kun ichida jarima miqdorining 70 foizi huquqbuzar tomonidan ixtiyoriy ravishda toʻlangan taqdirda u qolgan summani toʻlashdan ozod etilishini nazarda tutuvchi maʼmuriy jarimaga tortish toʻgʻrisidagi qarorlarni ijro etishning soddalashtirilgan tartibini joriy etish haqidagi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Administratsiyasiga kiritadi.

Bunda quyidagi holatlarda jarimaga tortish toʻgʻrisidagi qarorlarni ijro etishning soddalashtirilgan tartibi qoʻllanilmasligi nazarda tutiladi:
- maʼmuriy jarimaga tortish toʻgʻrisidagi qaror ustidan shikoyat qilinganda yoki protest keltirilganda;
- maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida xuddi shunday huquqbuzarlik takroran sodir etilganida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Endi Oʻzbekistonda “chegirmali jarima” toʻlash tartibi joriy etiladi