19:36 / 13.03.2019
9 259

Toshkent yashash uchun eng qulay shaharlar reytingida 203-oʻrinni oldi

Toshkent yashash uchun eng qulay shaharlar reytingida 203-oʻrinni oldi
Vena qatorasiga oʻninchi bor dunyodagi yashash uchun eng qulay shaharlar reytingida birinchi oʻrinda joylashdi. Bu haqda Mercer xalqaro konsalting kompaniyasi maʼlum qildi.

Bu yil kompaniya 231 shaharni baholadi. Reytingni tuzishda yashash, siyosiy va ijtimoiy sharoitlar, transport, ovqatlanish, maishiy mahsulotlar va dam olish, iqlim sharoitlari, ijtimoiy-madaniy muhit, taʼlim va tibbiyot sifatida hisobga olindi.

Birinchi oʻringa Avstriya poytaxti Vena joylashdi, ikkinchi va uchinchi oʻrinlarni Syurix va Vankuver shaharlari egalladi. Yuqori oʻnlikka, shuningdek Myunxen, Oklend, Dyusseldorf, Frankfurt, Kopengagen, Jeneva va Bazel shaharlari kirdi.

Toshkent yashash uchun eng qulay shaharlar reytingida 203-oʻringa loyiq koʻrildi. MDH davlatlaridagi shaharlar orasida Moskva 167-, Kiyev 173-, Sankt-Peterburg 174-, Minsk 188-, Bishkek 206-, Ashxobod 211-, Dushanbe 215-oʻrindan joy oldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent yashash uchun eng qulay shaharlar reytingida 203-oʻrinni oldi