4 499
Yoʻl harakati qoidasi buzilishi uchun qoʻllangan jarimaning 10%i YPX xodimlariga beriladi
Hukumatning ichki ishlar organlari xodimlarini ragʻbatlantirishga doir ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Bu haqda “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar qildi.
Kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, yoʻl harakati qoidalari buzilganligi uchun jarimalar summasining 45 foizi Ichki ishlar vazirligining byudjetdan tashqari jamgʻarmalariga yoʻnaltiriladi. Ilgari bu qiymat jarimalarning 55 foizini tashkil etgan.
Jarimalar summasining 10 foizi esa Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasining Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati xodimlarini ragʻbatlantirish va mukofotlash jamgʻarmasiga oʻtkaziladi.
Qonunchilikka muvofiq, qoniqarsiz faoliyat yuritayotgan profilaktika inspektorlari va tezkor xodimlardan lavozim maoshining 50 foizgacha jarima solinadi.
Kiritilgan qoʻshimchalar bilan mazkur jarima mablagʻlari Ichki ishlar vazirligi ixtiyorida qoldirilishi belgilandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi