Foto: Toshkent shahar IIBB
Toshkent shahar Chilonzor tumanida 12 mart kuni oʻgʻrilik sodir etildi. Qiziq tomoni, oʻgʻrilar hojatxona orqali xonadonga kirishga muvaffaq boʻlgan.
Jinoyat soat 08.00 dan 16.00 gacha boʻlgan vaqt oraligʻida sodir etilgan va 28 yoshli Zilolo X. xonadonidan 500 ming soʻm pul hamda 32 dyuymli televizor oʻgʻirlangan. Oʻgʻrilar shundan soʻng yana qayta hojatxona orqali chiqib ketishgan.
Ayni vaqtda jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan boʻlib, gumondor shaxslarni qoʻlga olish ishlari olib borilmoqda. Oʻz navbatida Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati koʻpqavatli uylarda istiqomat qiladigan fuqarolarga murojaat qiladi va yertoʻla eshiklarini muntazam ravishda yopib yurishni soʻraydi. Shu bilan birgalikda xonadon ichidan oʻtgan shaxta eshiklariga hushyor boʻlishlari tavsiya etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya qo‘shinlari Avdeyevkadagi ikkita qishloqni egallab oldi
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
Rossiyalik tergovchilar teraktda ayblanayotganlar oilasini so‘roq qilish uchun Tojikistonga keldi
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
Qahva va saraton: olimlardan zo‘r yangilik!