Mirabror Usmonov reanimatsiya boʻlimiga olib ketildi

  • 14 mart 2019, 13:50
  • 2 789
  • Jamiyat
  • Mirabror Usmonov reanimatsiya boʻlimiga olib ketildi
    Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston futbol federatsiyasi sobiq raisi Mirabror Usmonov 12 mart kuni reanimatsiya boʻlimiga olib ketilgan. Bu maʼlumotni “Daryo” Sogʻliqni saqlash tizimidagi manbalariga tayanib tasdiqladi.

    Mirabror Usmonov oʻpka va nafas yoʻllari bilan bogʻliq xastalik sabab klinikaga keltirilgan. Hozirda uning ahvoli ogʻir va shifokorlar uning hayotini saqlab qolish uchun kurashmoqda.

    Mirabror Usmonov 2006 yildan 2017 yilgacha Oʻzbekiston futbol federatsiyasini boshqargan edi. 2013 yildan 2017 yilgacha Milliy Olimpiya qoʻmitasi raisi boʻlgan.

    » » Mirabror Usmonov reanimatsiya boʻlimiga olib ketildi