17:07 / 14.03.2019
4 228

Oʻzbekistonda baʼzi avtoraqamlarni ham onlayn auksion orqali sotish taklif qilinmoqda

Oʻzbekistonda baʼzi avtoraqamlarni ham onlayn auksion orqali sotish taklif qilinmoqda
“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida Oʻzbekistonda baʼzi avtoraqamlarni onlayn auksion orqali sotish toʻgʻrisida petitsiya paydo boʻldi.

Qayd etilishicha, soʻnggi yillarda barcha sohalar singari yoʻl harakat xavfsizligi sohasida ham keng koʻlamli islohotlar amalga oshirildi.

“Xususan, avtoraqamlar onlayn auksioni orqali “chiroyli raqamlar” savdosining yoʻlga qoʻyilishi bu sohada korrupsiya va tanish-bilishchilik kabi salbiy holatlarni sezilarli darajada pasaytirdi. Hozirda auksion savdolari orqali davlat byudjetiga tushgan mablagʻlar xalqimiz farovonligi uchun yoʻnaltirilmoqda. Biroq baʼzi “koʻzgusimon raqamlar” (masalan, 717, 727, 747, 515, 171, 212, 383, 818 va boshqalar) nima uchundir auksion savdolariga joylashtirilmaydi. Mazkur raqamlar ham oʻziga xos qiymatga ega boʻlib, koʻzga yoqadigan, chiroyli raqamlar sirasiga kiradi”, - deb yozadi petitsiya muallifi.

Bildirilishicha, bunday raqamlarga talab juda yuqori boʻlib, ularning eskicha berilishi turli korrupsion holatlarga olib kelyapti. Chet ellarda bunday raqamlar ham ochiq auksion orqali sotiladi.

“Aholining bunday raqamlarga boʻlgan yuqori talabini inobatga olgan holda, ularni taxminan 1 mln. soʻmdan boshlangʻich narx bilan auksionga qoʻyish (maʼlumot uchun, 066 va 220 kabi raqamlarning boshlangʻich bahosi 2 mln. soʻmdan ortiqni tashkil qiladi) foydadan xoli boʻlmaydi. Bu orqali biz fuqarolarda chiroyli raqamlarni olishda qandaydir noqonuniy usullar emas, qonuniy tarzda qoʻlga kiritish imkoni yaratilardi. Shu sababli mazkur turdagi avtoraqamlarni ham onlayn auksion orqali sotishni taklif qilaman”, - deyiladi murojaatda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Oʻzbekistonda baʼzi avtoraqamlarni ham onlayn auksion orqali sotish taklif qilinmoqda